Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida bemorlarni saqlash sharoitlari



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110
25.04.1997 (1)

186-modda. Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida bemorlarni saqlash sharoitlari 
Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida bemorlar kasallik turi, xulq-atvorining xususiyati, ruhiy va 
jismoniy holatini inobatga olib, ularni batamom ajratib qo‘yishni ta’minlovchi hamda ular tomonidan 
yangi ijtimoiy-xavfli qilmish sodir etish, qochish, saqlash rejimini buzish ehtimolining oldini olishni 
ta’minlaydigan sharoiti bor palatalarga joylashtiriladi. 
Erkaklar va ayollar, kattalar va voyaga yetmagan shaxslar alohida-alohida saqlanadi. 
Bir bemorga to‘g‘ri keladigan foydali maydon normasi besh kvadrat metrdan kam bo‘lishi 
mumkin emas. 
Bemorlarga ovqat va kasalxona kiyimi bepul beriladi.
Bemorlarni ovqat va ust-bosh bilan ta’minlash 
normalari 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Posilka, yo‘qlov, banderol va pul jo‘natmalari olish hamda yuborish, uchrashuvlar o‘tkazish, 
oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olish, saqlash, shuningdek bemorlarga har kuni 
beriladigan sayr tartibi ichki tartib qoidalari bilan belgilanadi. 
Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida bemorlarga uzoq muddatli uchrashuv berilmaydi. 
Bemor nomiga kelib tushgan pullar uning shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. 
Oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni bemorlar pul o‘tkazish yo‘li bilan sotib 
oladilar. 
187-modda. Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida bemorlarni davolashni tashkil etish 
Oldingi
 tahrirga qarang. 


Ruhiy holati buzilgan shaxslarni majburiy davolash O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni 
saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tashhis qo‘yish, davolash va sog‘liqni tiklash usullari 
qo‘llangan holda o‘tkaziladi. 
(187-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son) 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin