Yaxshi xulq-atvori hamda mehnatga va harbiy xizmatga
vijdonan munosabati uchun
mahkumlar, sud tomonidan tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini o‘taganlaridan
so‘ng, intizomiy qism komandirining buyrug‘i bilan axloqan tuzalayotganlar qatoriga qo‘shiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi PF-1572-sonli Farmoni
bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari intizomiy qismi to‘g‘risida”gi nizomning
44
— 46-bandlari
.
Axloqan tuzalayotganlar qatoriga qo‘shilgan mahkumlar jazo muddatining kamida yarmini
o‘taganlaridan keyin qonunda belgilangan tartibda jazodan muddatidan oldin shartli ozod qilishga
taqdim etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
73-moddasi
.
Dostları ilə paylaş: