Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarning mehnatini tashkil



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   110
25.04.1997 (1)

138-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarning mehnatini tashkil 
etish 
Umrbod 
ozodlikdan 
mahrum 
qilingan 
mahkumlarning 
mehnati 
odatdagi 
va 
yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida saqlanayotgan shaxslar uchun ish kameralarida tashkil etiladi.
139-modda. Rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralari 
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan ushbu Kodeks 102-moddasi 
birinchi qismining 
ikkinchi—beshinchi xatboshilarida 
nazarda tutilgan rag‘batlantirish choralari 
qo‘llaniladi. Jazoni o‘tashning yengillashtirilgan sharoitlariga belgilangan tartibda o‘tkazilgan 
mahkumlarga nisbatan rag‘batlantirish tartibida qo‘shimcha uchrashish yoki telefon orqali 
so‘zlashish imkoniyati ham berilishi mumkin.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan ushbu Kodeks 105-moddasi 
birinchi qismining 
ikkinchi

uchinchi
va 
beshinchi
xatboshilarida nazarda tutilgan intizomiy jazo 
choralari qo‘llaniladi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, odatdagi va yengillashtirilgan saqlash 
sharoitlarida belgilangan tartibni ashaddiy buzuvchi deb topilgan mahkumlar quyidagi tartibda:
yengillashtirilgan saqlash sharoitlaridan odatdagi yoki qattiq saqlash sharoitlariga;
odatdagi saqlash sharoitlaridan qattiq saqlash sharoitlariga o‘tkazilishlari mumkin.
140-modda. Afv etish to‘g‘risida iltimosnoma berish 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Afv etish to‘g‘risida iltimosnoma berish va uni ko‘rib chiqish tartibi qonunchilikda 
belgilanadi.
(140-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
76-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5439-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 
afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi 
nizom

Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma umrbod ozodlikdan mahrum qilingan shaxs tomonidan 
u tayinlangan jazoning yigirma besh yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin, agar jazoni o‘tash 
davrida mahkum qat’iy tuzalish yo‘liga o‘tgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo 
olmagan, mehnat va o‘qishga nisbatan vijdonan munosabatda bo‘layotgan, tarbiyaviy tadbirlar 
o‘tkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning yigirma yilini haqiqatda o‘tab 
bo‘lganidan keyin berilishi mumkin.
Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilingan shaxs 
tomonidan u tayinlangan jazo muddatining yigirma yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin, agar 
jazoni o‘tash davrida mahkum qat’iy tuzalish yo‘liga o‘tgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun 
intizomiy jazo olmagan, mehnat va o‘qishga nisbatan vijdonan munosabatda bo‘layotgan, tarbiyaviy 
tadbirlar o‘tkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning o‘n besh yilini 
haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin berilishi mumkin.
(V bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-sonli 
Qonuni
tahririda — 
Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 



Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin