VI BO‘LIM. HARBIY XIZMATChILARGA NISBATAN XIZMAT BO‘YIChA ChEKLASh VA INTIZOMIY QISMGA JO‘NATISh TARIQASIDAGI JAZOLARNI IJRO ETISh (VI bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) Oldingi tahrirga qarang. 25-BOB. XIZMAT BO‘YIChA ChEKLASh TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISh (25-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) 141-modda. Xizmat bo‘yicha cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish tartibi Xizmat bo‘yicha cheklash tariqasidagi jazo ijrosini mahkum harbiy xizmat o‘tayotgan
joydagi, ushbu Kodeks 14-moddasining
uchinchi qismida
ko‘rsatilgan komandir (boshliq) amalga
oshiradi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 47-moddasi . Komandir (boshliq) hukm nusxasini va sud farmoyishini olganidan keyin uch kun ichida
quyidagilarni ko‘rsatgan holda buyruq chiqaradi:
mahkum harbiy xizmatchini lavozim va harbiy unvonda ko‘tarishga taqdim etmaslik asosi
va muddati;
harbiy xizmatchiga navbatdagi harbiy unvon berish hamda pensiya tayinlash uchun uning
xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanmaydigan vaqt;
mahkumning pul ta’minotidan davlat foydasiga o‘tkaziladigan chegirma miqdori.
Komandir (boshliq) buyrug‘i mahkum harbiy xizmatchi e’tiboriga yetkaziladi va uning
shaxsiy hujjatlar yig‘majildiga hukm nusxasi bilan birgalikda qo‘shib qo‘yiladi.
Komandir (boshliq) hukm ijro etilganligi haqida hukm chiqargan sudga uch kunlik muddat
ichida xabar beradi.
142-modda. Xizmat bo‘yicha cheklash tariqasidagi jazoni o‘tash muddatini hisoblash Xizmat bo‘yicha cheklash tariqasidagi jazoni o‘tash muddati hukmni ijro etish to‘g‘risida
buyruq chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Boshqa jinoyat sodir etganligi munosabati bilan mahkum harbiy xizmatchi hibsda ushlab
turilgan vaqt jazoni o‘tash muddatiga qo‘shilmaydi.