26-BOB. INTIZOMIY QISMGA JO‘NATISh TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISh 149-modda. Jazoni ijro etish tartibi Intizomiy qismga jo‘natish tariqasidagi jazo O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa
vazirligining shunga maxsus mo‘ljallangan harbiy qismlari (intizomiy qism) tomonidan ijro etiladi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrda PF-1572-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari intizomiy qismi to‘g‘risida”gi nizom . Oldingi tahrirga qarang. Mahkumlarni intizomiy qismga jo‘natish va bu qismlarda qabul qilib olish qonunchilikda
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(149-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi PF-1572-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari intizomiy qismi to‘g‘risida”gi nizomning 15 — 22-bandlari . Jazoni intizomiy qismda o‘tash davrida barcha mahkumlar, harbiy unvonlari, lavozimlari va
avvalgi xizmatlari xususiyatidan qat’i nazar, soldatlar (matroslar) holatida bo‘ladilar hamda
belgilangan ko‘rinishdagi kiyimda yuradilar va tafovut belgilarini taqadilar.
Oldingi tahrirga qarang. Intizomiy qismda jazoni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar mahkumlar uchun ushbu Kodeks va
boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilab qo‘yilgan rejim talablariga rioya etishlari shart.
(149-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi PF-1572-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari intizomiy qismi to‘g‘risida”gi nizomning 23 — 38-bandlari .