O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan vaqtda jinoyat sodir etgan
shaxslarga nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida ozodlikdan mahrum qilish jazosi
— o‘n
ikki yilgacha muddatga, agar sodir etgan jinoyatlarining bittasi o‘ta og‘ir
jinoyat bo‘lsa, o‘n besh yilgacha muddatga tayinlanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Jinoyat sodir etish paytida o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan
shaxslarga nisbatan bir necha hukm yuzasidan tayinlanadigan ozodlikdan mahrum
qilish jazosining muddati o‘n besh yildan oshmasligi kerak.
(86-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 7-
dekabrdagi O‘RQ-735-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 07.12.2021-y., 03/21/735/1141-son)
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq
tuzatish ishlari jazosi tayinlanganda sud ushbu Kodeksning 72-moddasida nazarda
tutilgan asos va shartlar mavjud bo‘lsa, shartli jazo belgilashi mumkin.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo
tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning
jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 9 va 10-
bandlari.
Dostları ilə paylaş: