88-modda. Majburlov choralari Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan quyidagi majburlov choralari
qo‘llaniladi:
a) sud belgilaydigan shaklda jabrlanuvchidan uzr so‘rash majburiyatini
yuklash;
Oldingi tahrirga qarang. b) o‘n olti yoshga to‘lgan shaxs zimmasiga yetkazilgan zararni o‘z mablag‘i
hisobidan yoki mehnati bilan to‘lash yoki bartaraf qilish majburiyatini yuklash.
Ushbu chora agar yetkazilgan zarar belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n
baravaridan oshib ketmagan bo‘lsa qo‘llaniladi. Boshqa hollarda yetkazilgan zarar
fuqaroviy huquqiy tartibda undiriladi;
(88-modda birinchi qismining “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) v) voyaga yetmaganni maxsus o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 15- moddasining uchinchi qismi va 34-bobi (“Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan majburlov choralarini qo‘llash”). Oldingi tahrirga qarang. Voyaga yetmagan shaxslarni maxsus o‘quv-tarbiya muassasalarida bo‘lish
muddati va shartlari O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi.
(88-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21- apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunining 5- bobi (“Voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasiga
joylashtirish tartibi”), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-son “Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya to‘g‘risidagi nizomni va Bolalar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.