89-modda. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish Oldingi tahrirga qarang. O‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan
mahrum qilishga, ozodlikni cheklashga yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan
shaxsga nisbatan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish
tartibi qo‘llanilishi mumkin.
(89-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10- avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425- modda) Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish ushbu
moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan jazo turlari uchun belgilangan tartib-qoida
talablarini bajargan mehnat va o‘qishga halol munosabatda bo‘lgan mahkumga
nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 536- moddasining uchinchi qismi. Oldingi tahrirga qarang. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun
tayinlangan jazo muddatining kamida to‘rtdan bir qismi;
b) og‘ir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir
qismi;
v) o‘ta og‘ir jinoyat uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun,
agar shaxs ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga
hukm qilingan bo‘lsa, tayinlangan jazo muddatining kamida yarmini haqiqatda o‘tab
bo‘lganidan keyin qo‘llaniladi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 112- moddasining uchinchi qismi va 164-moddasi. (89-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29- avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9- 10-son, 165-modda) Jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qo‘llanilgan shaxs
jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, sud unga
nisbatan ushbu Kodeksning 60 va 86-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga
muvofiq jazo tayinlaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning (ro‘yxat raqami: 2495, 29.07.2013-y.) 472 — 480-bandlari.