tugatilganda sud bunday shaxsni umumiy asoslarda davolash yoki ijtimoiy ta’minot
muassasasiga yuborish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun sog‘liqni
saqlash
organlariga topshirishi mumkin.
Alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yo‘liqqan shaxslarga
nisbatan jazo bilan bir qatorda tayinlangan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini
qo‘llashni tugatish tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi asosida sud tomonidan
amalga oshiriladi.
(95-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-
567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Oldingi tahrirga qarang.
96-modda. Jazo bilan birga tayinlanadigan tibbiy yo‘sindagi majburlov
choralarini qo‘llash
Alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yo‘liqqan
yoxud aqli
rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxslar tomonidan jinoyat
sodir etilgan taqdirda, agar tibbiy xulosa mavjud bo‘lsa, sud jazo tayinlash bilan
birga ularga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini tayinlashi mumkin.
(96-moddaning nomi va birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-
yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya
aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 27-bandining birinchi
xatboshisi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan
shaxslar, ozodlikdan
mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilingan bo‘lsa, tibbiy
muassasalarda majburiy davolanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan
shaxslar ozodlikdan
mahrum qilish jazosiga hukm qilingan bo‘lsa, ularni davolash jazoni o‘tayotgan
joyda amalga oshiriladi, jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin agarda davolashni davom
ettirishga zarurat bo‘lsa, umumiy asosda tibbiy muassasalarda davolanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 182, 194-
moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash
to‘g‘risida”gi Qonunining 28-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Surunkali
alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni
majburiy davolash to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining
“Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonuni 16-moddasining ikkinchi qismi,
O‘zbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar
to‘g‘risida”gi Qonuni 44-moddasining to‘rtinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-maydagi 195-sonli qarori bilan tasdiqlangan
“Surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy