Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism


-modda. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarining turlari



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62
O

93-modda. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarining turlari 
Oldingi tahrirga qarang. 
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari jumlasiga quyidagilar kiradi: 
a) yashash joyi bo‘yicha ruhiy-asab kasalliklari dispanserida (tuman (shahar) 
psixiatrining xonasida) majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo‘lish va davolanish; 
b) yashash joyi bo‘yicha umumiy tartibli psixiatriya muassasasining umumiy 
kuzatiladigan bo‘limida majburiy davolanish; 
v) umumiy tartibli psixiatriya muassasasining maxsus reabilitatsiya 
bo‘limida majburiy davolanish; 
g) kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy 
davolanish; 
d) jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami 
ko‘rsatish bo‘limlarida hamda mahkumlarga mo‘ljallangan ixtisoslashgan 
shifoxonada majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo‘lish va davolanish. 
(93-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-
sentabrdagi O‘RQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son) 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan 
shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha sud 
amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 5-bandi. 
94-modda. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini tayinlash 
Oldingi tahrirga qarang. 
Ruhiy holati buzilgan, kasalligining zo‘rayishi alomatlari bo‘lmagan 
shaxslarga, shuningdek ruhiy holati vaqtincha buzilgan shaxslarga nisbatan kasallik 
qaytarilishining va ular tomonidan yangi ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etilishining 
oldini olish uchun yashash joyi bo‘yicha ruhiy-asab kasalliklari dispanserida (tuman 
(shahar) psixiatrining xonasida) majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo‘lish va 
davolanish tayinlanishi mumkin. 


Yashash joyi bo‘yicha umumiy tartibli psixiatriya muassasasining umumiy 
kuzatiladigan bo‘limida majburiy davolanish ijtimoiy xavfliligi umumiy asoslarda 
amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan davolashni talab etadigan holat bilan bog‘liq 
bo‘lgan, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin. 
Umumiy tartibli psixiatriya muassasasining maxsus reabilitatsiya bo‘limida 
majburiy davolanish ijtimoiy xavfliligi ko‘proq ixtiyoriy tartibda amalga oshirilishi 
mumkin bo‘lmagan reabilitatsiya choralari ko‘rilishini talab etadigan holat bilan 
bog‘liq bo‘lgan, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin. 
Kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish 
o‘ta ijtimoiy xavfli bo‘lgan yoki o‘z xulq-atvorida umumiy tartibli psixiatriya 
shifoxonasi sharoitlarida zarur davolash va reabilitatsiya choralarini amalga oshirish 
imkonini bermaydigan qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yadigan, ruhiy holati buzilgan 
shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin. Ruhiy holati buzilgan shaxslar kuzatuv 
kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida batamom ajratilgan holda saqlanadi 
va qo‘riqlanadi. 
Jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish 
bo‘limlarida hamda mahkumlarga mo‘ljallangan ixtisoslashgan shifoxonada 
majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo‘lish va davolanish aqli rasolikni istisno 
etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan, jinoyat sodir etish vaqtida ruhiy holati 
buzilganligi tufayli o‘z harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini to‘liq 
darajada anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan shaxslarga nisbatan 
tayinlanishi mumkin. 
(94-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-
sentabrdagi O‘RQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 181-
moddasi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan 
shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha sud 
amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 5-bandi. 
Oldingi tahrirga qarang. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin