Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism


XVI bob. Javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   62
O

XVI bob. Javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish 
87-modda. Majburlov choralarini qo‘llagan holda javobgarlikdan yoki 
jazodan ozod qilish 
Oldingi tahrirga qarang. 
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan voyaga 
yetmagan shaxs, agar sodir etgan qilmishining xususiyatlari, aybdorning shaxsi va 
ishning boshqa holatlarini e’tiborga olib, uni jazo qo‘llamasdan turib ham tuzatish 
mumkin degan xulosaga kelinsa, javobgarlikdan ozod qilinib, ish bolalar masalalari 
bo‘yicha komissiyada ko‘rishga topshirilishi mumkin. 
(87-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-
apreldagi O‘RQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasi 
beshinchi qismining 3-bandi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi 
tayinlash nazarda tutilgan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan 
yoki ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatni takroran sodir etgan voyaga yetmagan 
shaxsni, mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud 
bo‘lsa, sud jazodan ozod qilish va unga nisbatan majburlov choralarini qo‘llash 
to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishi shart. 


 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 564-
moddasi. 
(87-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
2005-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-10-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 39-
son, 294-modda) 
Voyaga yetmagan shaxs rivojlanishda o‘z yoshiga nisbatan ancha orqada 
qolgan bo‘lsa va sodir etgan qilmishining ahamiyatini to‘la ravishda anglab yetmasa, 
sud jazo o‘rniga majburlov chorasi qo‘llash maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib 
chiqishi shart. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning 
jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin