bo‘lsa, olti oy davomida kuniga ikki soatdan oshmasligi, mahkumga bog‘liq
bo‘lmagan holatlar
yuzaga kelgan taqdirda esa, bir yilgacha bo‘lgan muhlatda
kuniga ikki soatdan oshmasligi kerak.
Mahkum jazoni o‘tashdan bo‘yin
tovlagan taqdirda, sud majburiy jamoat
ishlarining o‘talmagan muddatini majburiy jamoat ishlarining to‘rt soatini ozodlikni
cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir
kuniga tenglashtirgan holda
hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan
almashtiradi. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlanilgan vaqt jazoning o‘talgan muddatiga
qo‘shib hisoblanmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-
maydagi 346-sonli “Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil
etish tartibi haqidagi nizomni hamda majburiy jamoat ishlari turlarining ro‘yxatini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
(82
1
-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-
sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
83-modda. Axloq tuzatish ishlari
Oldingi tahrirga qarang.
Axloq tuzatish ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga
nisbatan o‘z ish joyida o‘tash, aybdor hech qayerda ishlamasa, ushbu jazo ijrosini
nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan o‘zi yashaydigan
hududdagi boshqa
joylarda o‘tash tariqasida bir oydan bir yilgacha muddatga tayinlanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo
tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 12 va 18 — 23-bandlari.
(83-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-
dekabrdagi 357-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-
son, 56-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Voyaga yetmagan shaxs tayinlangan axloq tuzatish ishlarining o‘ndan bir
qismidan ko‘prog‘ini o‘tashdan bo‘yin tovlagan taqdirda,
sud bu jazoning
o‘talmagan qismini axloq tuzatish ishlarining har uch kunini ozodlikni cheklashning
yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab,
ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish
tariqasidagi jazo bilan
almashtiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 539, 541-
moddalari,
542-moddasining uchinchi
qismi, 545-moddasi,
O‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 5-bobi (“Jarima tariqasidagi jazoni ijro
etish”), O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar
hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 67-moddasi.