78-modda. Sudlanganlik holatining tugallanishi
Shaxsning sudlanganlik holati quyidagi paytlarda tugallanadi:
a) shartli hukm qilinganlarga nisbatan — sinov muddati tugagan kundan
boshlab;
Oldingi tahrirga qarang.
b) majburiy jamoat ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga
jo‘natish tarzidagi jazolarini o‘tab chiqqach;
(78-moddaning “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-
martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-
modda)
v) jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan
mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari o‘talganidan keyin bir yil o‘tgach;
Oldingi tahrirga qarang.
g) ozodlikni cheklash jazosi o‘talganidan keyin — ikki yil o‘tgach;
(78-moddaning “g” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-
martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-
modda)
d) besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi
o‘talganidan keyin — to‘rt yil o‘tgach;
e) besh yildan ortiq, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan
mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin — yetti yil o‘tgach;
j) o‘n yildan ortiq, lekin o‘n besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga
ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin — o‘n yil o‘tgach.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2015-yil 18-sentabrdagi 13-sonli “Sudlanganlik holati tugallanishi va
olib tashlanishiga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarori 4-bandining birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi xatboshilari, 5-bandining birinchi
xatboshisi, 7 — 11, 13-bandlari.
79-modda. Sudlanganlikning olib tashlanishi
Agar shaxs ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab bo‘lganidan keyin unga
nisbatan ma’muriy jazo yoki intizomiy ta’sir choralari qo‘llanilmagan bo‘lsa, jamoat
birlashmasi, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organi, jamoa yoki jazoni o‘tab
chiqqan shaxsning o‘zi bergan iltimosnomasiga ko‘ra sud ushbu Kodeksning 78-
moddasida nazarda tutilgan muddatlarning kamida yarmi o‘tganidan keyin uning
sudlanganligini olib tashlashi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu
Kodeksning 178
— 184, 185 — 185
2
, 189
— 192-
moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun hukm qilingan
shaxslarning sudlanganligi ular davlatga juda ko‘p zarar yetkazmaganda, ushbu
Kodeksning 78-moddasida nazarda tutilgan muddatlarning kamida to‘rtdan bir
qismi o‘tganidan keyin sud tomonidan olib tashlanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq
ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 13
2
-
bandi.
(79-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-
345-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y.,
1-son, 1-modda)
O‘n besh yil va undan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini
o‘tab chiqqan shaxslar hamda o‘ta xavfli retsidivistlar, agar ular jazoni o‘tab
chiqqanidan keyin o‘n besh yil mobaynida yangi jinoyat sodir etmasalar, sud
ularning sudlanganligini olib tashlashi mumkin.
Ushbu Kodeksning 13-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar
mavjud bo‘lgan taqdirda ham sudlanganlik olib tashlanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 544-
moddasi.
Sudlanganlik afv etish yoki amnistiya akti asosida ham olib tashlanishi
mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-
5439-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida afv etishni
amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom 5-bandining beshinchi xatboshisi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2015-yil 18-sentabrdagi 13-sonli “Sudlanganlik holati tugallanishi va
olib tashlanishiga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarori 4-bandining birinchi, uchinchi, to‘rtinchi xatboshilari, 5, 7, 12, 13-bandlari,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli
“Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi qarori 3-bandi yettinchi xatboshisi.
Dostları ilə paylaş: |