Hech kim sudning hukmi bo‘lmay turib jinoyat
sodir qilishda aybli deb
topilishi va qonunga xilof ravishda jazoga tortilishi mumkin emas. Jinoyat sodir
etishda aybdor deb topilgan shaxs qonunda belgilangan huquqlardan foydalanadi va
majburiyatlarni bajaradi.
LexUZ sharhi
Qarang:
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining
28-
moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi
23-moddasining birinchi
qismi,
O‘zbekiston
Respublikasining
“Sudlar
to‘g‘risida”gi Qonuni 10-moddasining ikkinchi qismi va O‘zbekiston Respublikasi
Jinoyat-ijroiya kodeksining 2-bobi (“Mahkumlarning huquqiy holati”).
LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
5-modda. Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi
Jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini,
ijtimoiy kelib
chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, bir xil huquq va
majburiyatlarga ega bo‘lib, qonun oldida tengdirlar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 19-moddasining ikkinchi
qismi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 16-moddasi.
6-modda. Demokratizm prinsipi
Jamoat
birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki
jamoalar jinoyat sodir etgan shaxslar axloqini tuzatish
ishiga qonunda nazarda
tutilgan hollarda jalb qilinishlari mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 1-moddasi
ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi, 7 va 99-moddalari.
Dostları ilə paylaş: