11-modda. Kodeksning O‘zbekiston hududida jinoyat sodir etgan
shaxslarga nisbatan amal qilishi
O‘zbekiston hududida jinoyat sodir etgan shaxs ushbu Kodeks bo‘yicha
javobgarlikka tortiladi.
Qilmish:
a) O‘zbekiston hududida boshlangan, tamomlangan yoki to‘xtatilgan bo‘lsa;
b) O‘zbekiston hududidan tashqarida sodir etilib,
jinoiy oqibati esa,
O‘zbekiston hududida yuz bergan bo‘lsa;
v) O‘zbekiston hududida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, O‘zbekiston
hududidan tashqarida yuz bergan bo‘lsa;
g) bir necha qilmishlardan iborat yoki boshqa
qilmishlar bilan birgalikda
sodir etilgan bo‘lib, uning bir qismi O‘zbekiston hududida yuz bergan bo‘lsa,
O‘zbekiston hududida sodir etilgan jinoyat deb topiladi.
O‘zbekiston bayrog‘i ostidagi yoki O‘zbekiston portida ro‘yxatga olingan
havo, dengiz yoki daryo kemasida O‘zbekiston hududidan tashqarida bo‘lib, chet el
davlati hududi hisoblanmagan joyda jinoyat sodir etilsa, bunday jinoyat uchun ushbu
Kodeks bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.
Amaldagi
qonunlar, xalqaro shartnomalar yoki bitimlarga muvofiq chet el
fuqarolarining javobgarligi to‘g‘risidagi masala O‘zbekiston Respublikasi sudlariga
tegishli bo‘lmasa, ular O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan holda,
xalqaro huquq normalariga muvofiq hal qilinadi.
Dostları ilə paylaş: