Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism


-modda. Jinoyat uchun javobgarlik va uning asoslari



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   62
O

16-modda. Jinoyat uchun javobgarlik va uning asoslari 
Jinoyat uchun javobgarlik — jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga 
nisbatan sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi 
qo‘llanilishida ifodalanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatidir. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: mazkur Kodeksning 88 va 93-moddalari. 
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari 
mavjud bo‘lgan qilmishni sodir etish javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: mazkur Kodeksning 14-moddasining birinchi qismi. 
IV bob. Javobgarlikka tortilishi lozim bo‘lgan shaxslar 
17-modda. Jismoniy shaxslarning javobgarligi 
Jinoyat sodir etgunga qadar o‘n olti yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy 
shaxslar javobgarlikka tortiladilar. 
Oldingi tahrirga qarang. 
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 7-
dekabrdagi O‘RQ-735-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — 
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2021-y., 03/21/735/1141-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
Jinoyat sodir etgunga qadar o‘n to‘rt yoshga to‘lgan shaxslar ushbu 
Kodeks 97, 98, 104 — 106, 118, 119-moddalari, 126
1
-moddasining to‘rtinchi — 
sakkizinchi 
qismlarida, 137, 164 
— 
166, 169-moddalari, 
173-
moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari, 220, 222, 247, 252, 263, 267, 271-
moddalari, 277-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan 
jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar. 
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-
apreldagi O‘RQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
Ushbu Kodeksning 122, 123, 125
1
-moddalarida, 126
1
-moddasining birinchi 
va 
ikkinchi 
qismlarida, 127, 127
1
, 128
1
, 144, 146, 193 
— 
195, 205 
— 
210, 225, 226, 230 — 232, 234, 235, 279 — 302-moddalarida nazarda tutilgan 


jinoyatlar uchun jinoyat sodir etgunga qadar o‘n sakkiz yoshga to‘lgan shaxslar 
javobgarlikka tortiladilar. 
(17-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-
apreldagi O‘RQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son) 
O‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar jinoyat sodir etgan shaxslar umumiy 
qoidalarga 
muvofiq 
va 
ushbu 
Kodeksning 
Umumiy 
qismi oltinchi 
bo‘limida nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda javobgarlikka 
tortiladilar. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin