Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62
O

18-modda. Aqli rasolik 
Oldingi tahrirga qarang. 
Jinoyat sodir etish vaqtida o‘z harakatlarining (harakatsizligining) ijtimoiy 
xavfli xususiyatini anglagan va ularni boshqara olgan shaxs aqli raso shaxsdir. 
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli noraso holatda bo‘lgan, 
ya’ni ruhiy holati surunkali yoki vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoxud ruhiy 
holati boshqacha tarzda buzilganligi sababli o‘z harakatlarining (harakatsizligining) 
ahamiyatini anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan shaxs javobgarlikka 
tortilmaydi. 
Aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsga nisbatan 
sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin. 
(18-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-
sentabrdagi O‘RQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: mazkur Kodeks Umumiy qismining yettinchi bo‘limi (“Tibbiy 
yo‘sindagi majburlov choralari”), O‘zbekiston Respublikasining “Psixiatriya 
yordami to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-
dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy 
yo‘sindagi 
majburlov 
choralarini 
qo‘llash 
bo‘yicha 
sud 
amaliyoti 
to‘g‘risida”gi qarori. 
Oldingi tahrirga qarang. 
18
1
-modda. Aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati 
buzilgan shaxsning javobgarligi 
Jinoyat sodir etish vaqtida ruhiy holati buzilganligi tufayli o‘z 
harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini to‘liq darajada anglay olmagan yoki 
ularni boshqara olmagan aqli raso shaxs javobgarlikka tortiladi. 
Aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsga 
nisbatan sud tomonidan jazo bilan birga tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari 
tayinlanishi mumkin. 


(18
1
-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-
567-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son) 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin