Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62
O

UChINChI BO‘LIM 
QILMIShNING JINOIYLIGINI ISTISNO QILADIGAN HOLATLAR 
IX bob. Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar tushunchasi va 
turlari 


35-modda. 
Qilmishning 
jinoiyligini 
istisno 
qiladigan 
holatlar 
tushunchasi 
Qilmishda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan alomatlar rasmiy jihatdan 
mavjud bo‘lsa-da, lekin u ijtimoiy xavfli, g‘ayriqonuniy yoki aybli bo‘lmasa, 
qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb topiladi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: mazkur Kodeksning 14-moddasi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Quyidagi holatlar, ya’ni kam ahamiyatli qilmishlar; zaruriy mudofaa; oxirgi 
zarurat; ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash chog‘ida zarar yetkazish; 
buyruqni yoki boshqacha tarzdagi vazifani bajarish; kasb yoki xo‘jalik faoliyati 
bilan bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilik; jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud 
qo‘rqitish natijasida qilmish sodir etish jinoyatni istisno qiluvchi holatlar deb 
topiladi. 
(35-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-
yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: mazkur Kodeksning 36 — 41-moddalari. 
36-modda. Kam ahamiyatli qilmishlar 
Garchi ushbu Kodeksda jinoyat sifatida nazarda tutilgan qilmishning 
alomatlari mavjud bo‘lsa-da, o‘zining kam ahamiyatliligi tufayli ijtimoiy xavfli 
bo‘lmagan harakat yoki harakatsizlik jinoyat deb topilmaydi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik 
qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 13-
bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 
2014-yil 
23-maydagi 
07-sonli 
“Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 9-
bandining uchinchi xatboshisi. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin