35-modda.
Qilmishning
jinoiyligini
istisno
qiladigan
holatlar
tushunchasi
Qilmishda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan
alomatlar rasmiy jihatdan
mavjud bo‘lsa-da,
lekin u ijtimoiy xavfli, g‘ayriqonuniy yoki aybli bo‘lmasa,
qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb topiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 14-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Quyidagi holatlar, ya’ni kam ahamiyatli qilmishlar; zaruriy mudofaa; oxirgi
zarurat; ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash chog‘ida zarar yetkazish;
buyruqni yoki boshqacha
tarzdagi vazifani bajarish; kasb yoki xo‘jalik
faoliyati
bilan bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilik; jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud
qo‘rqitish natijasida qilmish sodir etish jinoyatni istisno
qiluvchi holatlar deb
topiladi.
(35-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-
yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 36 — 41-moddalari.
36-modda. Kam ahamiyatli qilmishlar
Garchi ushbu Kodeksda jinoyat sifatida nazarda
tutilgan qilmishning
alomatlari mavjud bo‘lsa-da, o‘zining kam ahamiyatliligi
tufayli ijtimoiy xavfli
bo‘lmagan harakat yoki harakatsizlik jinoyat deb topilmaydi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik
qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 13-
bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
2014-yil
23-maydagi
07-sonli
“Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 9-
bandining uchinchi xatboshisi.
Dostları ilə paylaş: