Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   62
O

37-modda. Zaruriy mudofaa 
Zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan, ya’ni mudofaalanuvchi yoxud 
boshqa kishining shaxsi yoki huquqlarini, jamiyat yoki davlat manfaatlarini qonunga 
xilof tajovuzlardan tajovuzchiga zarar yetkazgan holda himoya qilish chog‘ida 
qilingan harakat, agar zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa, 
jinoyat deb topilmaydi. 
Tajovuzning xususiyati va xavfliligi darajasiga butunlay muvofiq 
kelmaydigan mudofaa, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish deb topiladi. 
Boshqa shaxslarga yoki hokimiyat organlariga yordam so‘rab murojaat 
qilish yoxud tajovuzdan o‘zga yo‘sinda qutulish imkoniyati bor-yo‘qligidan qat’i 
nazar, zaruriy mudofaa huquqi shaxsga tegishlidir. 
Zarar yetkazish maqsadida qasddan hujum qilish istagini qo‘zg‘atish zaruriy 
mudofaa deb topilmaydi. 


 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 39-sonli “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy 
mudofaa huquqini ta’minlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qo‘llanishi 
haqida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-
sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti 
to‘g‘risida”gi qarorining 24-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga 
oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 23-bandi. 
38-modda. Oxirgi zarurat 
Oxirgi zarurat holatida, ya’ni shaxsning yoki boshqa fuqarolarning shaxsiga 
yoxud huquqlariga, jamiyat yoki davlat manfaatlariga tahdid soluvchi xavfni 
qaytarish uchun qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazgan 
holda sodir etilgan qilmish, basharti, shu xavfni o‘sha holatda boshqa choralar bilan 
qaytarishning iloji bo‘lmasa hamda keltirilgan zarar oldi olingan zararga qaraganda 
kamroq bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 9-
bandining to‘rtinchi xatboshisi. 
Shaxsning oxirgi zarurat holatida sodir etgan qilmishi, basharti, oxirgi 
zarurat chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa, qonuniy deb topiladi. 
Agar boshqa vositalar orqali xavfning oldini olish mumkin bo‘lsa yoki 
keltirilgan zarar oldi olingan zarardan oshib ketsa, qonun bilan qo‘riqlanadigan 
huquq va manfaatlarga bunday zarar yetkazish oxirgi zarurat chegarasidan chetga 
chiqish deb topiladi. 
Oxirgi zarurat holatida sodir etilgan qilmishning qonuniyligini baholashda 
oldi olinishi lozim bo‘lgan xavfning xususiyati va xavflilik darajasi, shunday 
xavfning haqiqatan mavjud yoki mavjud emasligi va yuz berish vaqtining yaqinligi, 
xavfni qaytaruvchi shaxsning mavjud imkoniyatlari, vujudga kelgan vaziyatdagi 
ruhiy holati va ishning boshqa holatlari hisobga olinadi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
(38-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-
yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun 
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son) 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin