Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism


-modda. Ishtirokchilikning shakllari



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62
O

29-modda. Ishtirokchilikning shakllari 
Jinoyatda ishtirokchilik: oddiy ishtirokchilik, murakkab ishtirokchilik, 
uyushgan guruh, jinoiy uyushma shaklida bo‘ladi. 
Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirmay jinoyat sodir etishda 
qatnashishi oddiy ishtirokchilik deb topiladi. 
Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirib jinoyat sodir etilishida 
ishtirok qilishi murakkab ishtirokchilik deb topiladi. 
Ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish uchun 
oldindan bir guruhga birlashishi uyushgan guruh deb topiladi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 37-sonli “Transport vositalarini olib qochish 
ishlari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 5-bandi, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat 
sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‘g‘risida”gi 
qarori 12-bandining uchinchi xatboshisi. 
Ikki yoki undan ortiq uyushgan guruhning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanish 
uchun oldindan birlashishi jinoiy uyushma deb topiladi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda 
qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‘g‘risida”gi qarori 12-
bandining uchinchi xatboshisi. 
30-modda. Jinoyatda ishtirok etganlik uchun javobgarlik doirasi 


Tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham ushbu Kodeks Maxsus 
qismining bajaruvchini javobgarlikka tortish belgilangan moddasi bo‘yicha 
javobgarlikka tortiladilar. 
Oldindan til biriktirgan guruh, jinoiy guruh va jinoiy uyushmaning 
tashkilotchilari hamda a’zolari tayyorgarlik ko‘rilishi yoki sodir etilishida o‘zlari 
qatnashgan barcha jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar. 
Uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma tashkil etgan yoki ularga rahbarlik 
qilgan shaxslar shu guruh yoki uyushma sodir etgan barcha jinoyatlar uchun, 
basharti, bu jinoyatlar ularning jinoiy niyati bilan qamrab olingan bo‘lsa, 
javobgarlikka tortiladilar. 
Boshqa ishtirokchilarning jinoiy niyati bilan qamrab olinmagan qilmish 
uchun uni sodir etgan shaxs javobgar bo‘ladi. 
Tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi jinoyatdan ixtiyoriy ravishda qaytib, 
jinoyatning oldini olish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan barcha choralarni o‘z vaqtida 
ko‘rganligi, jinoyatda ishtirokchilik uchun javobgarlikni istisno qiladi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash 
to‘g‘risida”gi Qonuni 28-moddasining ikkinchi qismi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid 
ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 12-bandining oltinchi 
xatboshisi, 14-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari hamda 20-bandi. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin