Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism


-modda. Mastlik holatida sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   62
O

19-modda. Mastlik holatida sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik 
Oldingi tahrirga qarang. 
Mastlik holatida yoki giyovandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop 
yoki odamning aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida jinoyat 
sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinmaydi. Bunday holat shaxsni aqli noraso 
deb topish uchun asos bo‘lmaydi. 
(19-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi 
O‘RQ-503-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 
23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son) 
V bob. Ayb 
20-modda. Aybning shakllari 
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmishni qasddan yoki 
ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan shaxs jinoyat sodir etilishida aybdor deb topilishi 
mumkin. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: mazkur Kodeksning 21 va 22-moddalari. 
21-modda. Qasddan sodir etilgan jinoyat 
Ushbu Kodeks moddasida jinoyat tamom bo‘lgan payt ijtimoiy xavfli 
qilmish bajarilgan vaqt deb hisoblangan bo‘lib, uni sodir etgan shaxs o‘z 
qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan va shunday qilmishni sodir 
etishni istagan bo‘lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi. 
Ushbu Kodeks moddasida jinoyat tamom bo‘lgan payt ijtimoiy xavfli oqibat 
yuz bergan vaqt deb topilgan qilmishlar to‘g‘ri yoki egri qasddan sodir etilgan 
bo‘lishi mumkin. 
Agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning 
ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yetgan va ularning yuz berishini istagan bo‘lsa, 
bunday jinoyat to‘g‘ri qasddan sodir etilgan deb topiladi. 
Agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning 
ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yetgan va ularning yuz berishiga ongli ravishda 
yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, bunday jinoyat egri qasddan sodir etilgan deb topiladi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid 
ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 2-bandi, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga 
qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 
qarori 3-bandi. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin