tamom bo‘lgan deb hisoblangan bo‘lsa, jinoiy oqibat yuz bergan payt jinoyat sodir
etish vaqti deb topiladi.
Qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni
yengillashtiradigan yoki
shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga
ega, ya’ni ushbu qonun kuchga kirgunga qadar tegishli jinoiy qilmish sodir etgan
shaxslarga, shu jumladan jazoni o‘tayotgan yoki o‘tab bo‘lgan shaxslarga nisbatan,
agar ular hali sudlangan hisoblansalar, tatbiq etiladi.
Qilmishni jinoyat deb hisoblaydigan, jazoni kuchaytiradigan yoki shaxsning
holatini boshqacha tarzda yomonlashtiradigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega
emas.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar
to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasi.
Dostları ilə paylaş: