LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi
qarorining 28-bandi.
8-modda. Odillik prinsipi
Jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo
yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, ya’ni jinoyatning og‘ir-
yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi
kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 15-moddasi, V bobi, 54-moddasining ikkinchi
qismi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo
tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandi.
Hech kim aynan bitta jinoyat uchun ikki marta
javobgarlikka tortilishi
mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 29-
bandining birinchi xatboshisi.
Dostları ilə paylaş: