Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
O

IKKINChI BO‘LIM 
JAVOBGARLIK ASOSLARI 
III bob. Jinoyat 
14-modda. Jinoyat tushunchasi 
Ushbu Kodeks bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki 
harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi. 
Ushbu Kodeks bilan qo‘riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazadigan yoki 
shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish ijtimoiy xavfli 
qilmish deb topiladi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: mazkur Kodeks 2-moddasining birinchi qismi. 
15-modda. Jinoyatlarni tasniflash 
Jinoyatlar o‘z xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra: ijtimoiy xavfi 
katta bo‘lmagan; uncha og‘ir bo‘lmagan; og‘ir; o‘ta og‘ir jinoyatlarga bo‘linadi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda 
uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo 
nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda 
besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo 
nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. 
Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan 
ortiq, lekin besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish 
tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir 
etilib, qonunda besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo 
nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. 
(15-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 
2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 
2001-y., 9-10-son, 165-modda) 


Og‘ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq, lekin o‘n 
yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan 
jinoyatlar kiradi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
O‘ta og‘ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda o‘n yildan ortiq 
muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qilish 
jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. 
(15-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-
iyuldagi O‘RQ-99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining 
Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda) 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin