Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism


-modda. Jinoyatga daxldorlik



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62
O

31-modda. Jinoyatga daxldorlik 
Oldingi tahrirga qarang. 
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilayotganligi, jinoyat sodir etilayotganligi yoki 
jinoyat sodir etilganligi haqida aniq bila turib, oldindan va’da bermagan holda, 
hokimiyat 
organlariga 
xabar 
qilmaslik, 
ushbu 
Kodeksning 155

va 241-
moddalarida nazarda tutilgan hollardagina javobgarlikka sabab bo‘ladi. 
(31-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-
apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-
modda) 
Jinoyatchini, jinoyat sodir etish quroli va vositalarini, jinoyat izlarini yoki 
jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni oldindan va’da bermagan holda 
yashirganlik ushbu Kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan hollardagina 
javobgarlikka sabab bo‘ladi. 
Oldindan va’da bermagan holda jinoyat haqida xabar bermaganlik yoki 
jinoyatni yashirganlik uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining 
yaqin qarindoshlari javobgarlikka tortilmaydi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi 
qarorining 17-bandi. 


VIII bob. Bir qancha jinoyat sodir etish 
32-modda. Takroran jinoyat sodir etish 
Ushbu Kodeks Maxsus qismining aynan bir moddasida, qismida, Kodeksda 
alohida ko‘rsatilgan hollarda esa, turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki bir 
necha jinoyatni shaxs turli vaqtlarda sodir etgan, ammo ularning birortasi uchun ham 
sudlangan bo‘lmasa, takroran jinoyat sodir etish deb topiladi. Tamom bo‘lgan 
jinoyat ham, jazoga sazovor bo‘lgan jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki jinoyat sodir 
etishga suiqasd qilish ham, shuningdek ishtirokchilikda jinoyat sodir etish ham 
takroran jinoyat sodir etish deb topiladi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda 
qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 2 va 14-
bandlari. 
Agar shaxs ilgari sodir etgan qilmishi uchun javobgarlikdan yoki jazodan 
ozod qilingan bo‘lsa, jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda 
qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandi. 
Umumiy qasd bilan qamrab olingan va yagona maqsadga yo‘naltirilgan bir 
jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi bir-biriga o‘xshash bir necha jinoiy qilmishlardan 
iborat bo‘lgan (davomli) jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda 
qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandi, 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 30-apreldagi 6-sonli 
“O‘zgalar mulkini o‘g‘rilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish 
jinoyat 
ishlari 
bo‘yicha 
sud 
amaliyoti 
to‘g‘risida”gi 
qarori 
8-
bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari. 
Vazifalarini uzoq vaqt mobaynida bajarmaslikdan iborat bo‘lib, bir 
jinoyatning uzluksiz tarkibini tashkil qilgan (uzoqqa cho‘zilgan) jinoyat takroran 
sodir etilgan deb topilmaydi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya 
aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 9-bandi. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin