Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism


-modda. Muayyan huquqdan mahrum qilish



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   62
O

45-modda. Muayyan huquqdan mahrum qilish 
Shaxsni muayyan huquqdan mahrum qilish sud tayinlagan muddat davomida 
aybdorning korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda u yoki bu mansabni 
egallashini yoxud u yoki bu faoliyat bilan shug‘ullanishini taqiqlashdan iboratdir. 
Ana shunday mansab yoki faoliyatning turi sud tomonidan ayblov hukmida 
ko‘rsatiladi. 
Muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorning mansabi yoki ish faoliyati 
bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan jinoyatni sodir etganligi uchun asosiy jazo tariqasida 
tayinlanganda — bir yildan besh yilgacha muddatga, qo‘shimcha jazo tariqasida 
tayinlanganda — bir yildan uch yilgacha muddatga belgilanadi. 
Agar muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorga asosiy jazo tariqasida 
tayinlanmagan bo‘lsa, bunday jazo sud tomonidan ushbu Kodeks Maxsus 
qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan har qanday turdagi jazoga 
qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlanishi mumkin. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish, 
intizomiy qismga jo‘natish jazosiga qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlangan bo‘lsa, 
asosiy jazoning butun muddatiga, bundan tashqari sud hukmi bilan tayinlangan 
muddatga joriy etiladi. Bu jazo boshqa asosiy jazolarga qo‘shimcha jazo tariqasida 
tayinlanganda va mahkum shartli hukm qilinganda uning muddati hukm qonuniy 
kuchga kirgan vaqtdan boshlab hisoblanadi. 
(45-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-
martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-
modda) 
Oldingi tahrirga qarang. 
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarga nisbatan 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jazo 
tayinlanmaydi, bundan odam o‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan 
hollar mustasno. 


(45-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-
418-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 
1-son, 1-modda) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 6-
bobi (“Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish”). 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo 
tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 41, 43-bandlari, 47-bandining birinchi 
xatboshisi, 51-bandining beshinchi xatboshisi, 56
1
-bandi. 
Oldingi tahrirga qarang. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin