Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   62
O

41
1
-modda. Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish 
Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan 
qo‘rqitish natijasida ushbu Kodeks bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga 
zarar yetkazilishi, agar bunday majburlash yoxud qo‘rqitish oqibatida shaxs o‘z 
harakatlarini (harakatsizligini) boshqara olmagan bo‘lsa, jinoyat hisoblanmaydi. 
Ushbu Kodeks bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga jismoniy yoki 
ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish natijasida 
zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi masala, agar bunday 
majburlash yoki qo‘rqitish oqibatida shaxs o‘z harakatlarini (harakatsizligini) 
boshqarish 
imkoniyatini 
saqlab 
qolgan 
bo‘lsa, 
ushbu 
Kodeks 38-
moddasining qoidalari inobatga olingan holda hal etiladi. 
(41
1
-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-
459-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son) 
TO‘RTINChI BO‘LIM 
JAZO VA UNI TAYINLASh 
X bob. Jazo tushunchasi, maqsadlari va turlari 
42-modda. Jazo tushunchasi va maqsadlari 
Jazo jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan davlat 
nomidan sud hukmi bilan qo‘llanadigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan 
muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat 
majburlov chorasidir. 


Jazo mahkumni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatni davom ettirishiga 
to‘sqinlik qilish hamda mahkum, shuningdek boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir 
etishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi. 
43-modda. Jazo tizimi 
Jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan quyidagi asosiy 
jazolar qo‘llanilishi mumkin: 
a) jarima; 
 LexUZ sharhi 
Qarang: mazkur Kodeksning 44-moddasi. 
b) muayyan huquqdan mahrum qilish; 
 LexUZ sharhi 
Qarang: mazkur Kodeksning 45-moddasi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
b
1
) majburiy jamoat ishlari; 
(43-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-
sonli Qonuniga asosan “b
1
” band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 
194-modda) 
v) axloq tuzatish ishlari; 
 LexUZ sharhi 
Qarang: mazkur Kodeksning 46-moddasi. 
g) xizmat bo‘yicha cheklash; 
 LexUZ sharhi 
Qarang: mazkur Kodeksning 47-moddasi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
(43-moddaning “d” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-
martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-
son, 194-modda) 
Oldingi tahrirga qarang. 
d
1
) ozodlikni cheklash; 
 LexUZ sharhi 
Qarang: mazkur Kodeksning 48
1
-moddasi. 
(43-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-
389-sonli Qonuniga asosan “d
1
” band bilan to‘ldirildi — O‘R QHT, 2015-y., 32-
son, 425-modda) 
e) intizomiy qismga jo‘natish; 
 LexUZ sharhi 
Qarang: mazkur Kodeksning 49-moddasi. 
j) ozodlikdan mahrum qilish; 
 LexUZ sharhi 
Qarang: mazkur Kodeksning 50-moddasi. 
Oldingi tahrirga qarang. 


z) umrbod ozodlikdan mahrum qilish. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: mazkur Kodeksning 51-moddasi. 
(43-moddaning birinchi qismining “z” bandi O‘zbekiston Respublikasining 
2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining 
Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda) 
Oldingi tahrirga qarang. 
Mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari harbiy yoki maxsus unvondan 
mahrum qilish tarzidagi qo‘shimcha jazo ham qo‘llanilishi mumkin. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: mazkur Kodeksning 52-moddasi. 
(43-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-
avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-
10-son, 165-modda) 
Xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tariqasidagi 
jazolar faqat harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llaniladi. 
Muayyan huquqdan mahrum qilish faqat asosiy jazo sifatidagina emas, balki 
qo‘shimcha jazo tariqasida ham qo‘llanilishi mumkin. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin