Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   62
O

45
1
-modda. Majburiy jamoat ishlari 
Majburiy jamoat ishlari mahkumni haq to‘lanmaydigan foydali jamoat 
ishlarini bajarishga majburiy tarzda jalb qilishdan iboratdir. Mahkum ishlayotgan 
yoki o‘qiyotgan bo‘lsa, majburiy jamoat ishlari ishdan yoki o‘qishdan bo‘sh vaqtda 
o‘taladi. 
Mahkumlar majburiy jamoat ishlarini o‘tashi mumkin bo‘lgan joylar 
(obyektlar) va majburiy jamoat ishlarining turi mazkur jazoning ijrosini nazorat 
qiluvchi organlar tomonidan belgilanadi. 
Majburiy jamoat ishlari bir yuz yigirma soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha 
bo‘lgan muddatga tayinlanadi va olti oy davomida kuniga to‘rt soatdan ko‘p 
bo‘lmagan vaqtda, mahkumga bog‘liq bo‘lmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda 
esa, bir yilgacha bo‘lgan muhlatda kuniga to‘rt soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqtda 
o‘taladi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Majburiy jamoat ishlari pensiya yoshiga yetgan shaxslarga, o‘n olti yoshga 
to‘lmagan shaxslarga, homilador ayollarga, uch yoshga to‘lmagan bolalari bor 
ayollarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga, harbiy 
xizmatchilarga, chet el fuqarolariga va O‘zbekiston Respublikasida doimiy 
yashamaydigan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi. 
(45
1
-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-
maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son) 
Mahkum jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan taqdirda, sud majburiy jamoat 
ishlarining o‘talmagan muddatini majburiy jamoat ishlarining to‘rt soatini ozodlikni 
cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda 
hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan 
almashtiradi. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlanilgan vaqt jazoning o‘talgan muddatiga 
qo‘shib hisoblanmaydi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-
maydagi 346-sonli “Ma’muriy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil 


etish tartibi haqidagi nizomni hamda Majburiy jamoat ishlari turlarining ro‘yxatini 
tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori. 
(45
1
-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-
sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin