Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism


-modda. Axloq tuzatish ishlari



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   62
O

46-modda. Axloq tuzatish ishlari 
Axloq tuzatish ishlari shaxs ish haqining o‘n foizidan o‘ttiz foizigacha 
miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda uni mehnatga majburan 
jalb qilishdan iborat bo‘lib, jazo sudning hukmiga muvofiq mahkumning o‘z ish joyi 
yoki mazkur jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan boshqa 
joylarda o‘taladi. 
Axloq tuzatish ishlari olti oydan uch yilgacha muddatga tayinlanadi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Axloq 
tuzatish 
ishlari 
pensiya 
yoshiga 
yetganlarga, 
mehnatga 
qobiliyatsizlarga, homilador ayollarga, uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga 
va harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llanilmaydi. 
(46-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-
sentabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-
modda) 
Oldingi tahrirga qarang. 
Agar shaxs sud tomonidan tayinlangan axloq tuzatish ishlari muddatining 
jami bo‘lib o‘ndan bir qismidan ko‘prog‘ini o‘tashdan bo‘yin tovlasa, sud axloq 
tuzatish ishlarining o‘talmagan muddatini xuddi shu muddatga ozodlikni cheklash 
yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni 
o‘tashdan bo‘yin tovlagan vaqt jazoning o‘talgan muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi. 
(46-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-
avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-
modda) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 539, 541-
moddalari, 
542-moddasining uchinchi 
qismi, 545-moddasi, 
O‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 5-bobi (“Jarima tariqasidagi jazoni ijro 
etish”), O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar 
hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 67-moddasi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo 
tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 18 — 23-bandlari, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 23-sonli “Harbiy 
xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud 
amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisi. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin