Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   62
O

44-modda. Jarima 
Jarima aybdordan davlat daromadiga ushbu Kodeksda belgilangan miqdorda 
pul undirishdir. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Jarima bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan olti yuz 
baravarigacha miqdorda belgilanadi. 
(44-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-
dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo 
tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 15, 16, 17-bandlari. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Agar hukm qilingan shaxs jazo tariqasida tayinlangan jarimani majburiy ijro 
etish uchun belgilangan muddatlarda to‘lashdan bo‘yin tovlasa yoxud qarzdorda 
undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulk mavjud emasligi tufayli majburiy ijro 
etish uchun belgilangan muddatlar mobaynida jarimani undirishning imkoni 
bo‘lmasa, xuddi shuningdek kechiktirish muddati tugaganidan keyin jarima 
to‘lanmagan yoki jarimani bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlari buzilgan taqdirda, sud 
jarimaning to‘lanmagan miqdorini majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari
xizmat bo‘yicha cheklash, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish 
tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Bunday holda majburiy jamoat ishlarining ikki 
yarim soati bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi jarimaga 
tenglashtirilib, to‘rt yuz sakson soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga, axloq tuzatish 


ishlarining, xizmat bo‘yicha cheklashning, ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan 
mahrum qilishning har bir oyi bazaviy hisoblash miqdorining o‘n olti baravari 
miqdoridagi jarimaga tenglashtirilib, uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga 
tayinlanadi. 
(44-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-
dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 533-
moddasining ikkinchi 
qismi, 539-moddasi, 
542-moddasining uchinchi 
qismi, 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 5-bobi (“Jarima tariqasidagi 
jazoni ijro etish”) va O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa 
organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 30, 32, 32
1
-moddalari. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin