Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism


-modda. Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62
O

40-modda. Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish 
Shaxsning buyruq yoki boshqa farmoyishni, shuningdek mansab vazifalarini 
qonunan bajarishi tufayli zarar yetkazilgan bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-
maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining beshinchi 
xatboshisi. 
Jinoiyligi oldindan ayon bo‘lgan buyruq yoki boshqa farmoyishni bajarib, 
jinoyat sodir etgan shaxs, umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladi. 
G‘ayriqonuniy ravishda berilgan buyruq yoki farmoyishni yoxud mansab 
vazifasini bajarmagan yoki buzgan shaxs javobgarlikka tortilmaydi. Shaxsning 
amalda sodir etgan qilmishida boshqa bir jinoyat tarkibining barcha alomatlari 
mavjud bo‘lsagina, u javobgarlikka tortiladi. 
41-modda. Kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik 
Ijtimoiy foydali maqsadga erishish uchun kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga 
bog‘liq asosli tavakkalchilik qilib, huquqlar va qonun bilan qo‘riqlanadigan 
manfaatlarga zarar yetkazish jinoyat deb topilmaydi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 9-
bandining beshinchi xatboshisi. 


Agar sodir etilgan harakat zamonaviy ilmiy-texnika bilimlari va tajribalariga 
muvofiq kelgan, qo‘yilgan maqsadga esa, tavakkal qilmay erishishning iloji 
bo‘lmagan hamda shaxs huquqlar va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar 
yetkazilishining oldini olish uchun tegishli choralarni ko‘rgan bo‘lsa, bunday 
tavakkalchilik asosli deb topiladi. 
Kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik qilishda 
ko‘zlangan ijtimoiy foydali natijaga erishilmagan va keltirilgan zarar ijtimoiy 
foydali maqsadga erishish natijasida olinishi mumkin bo‘lgan foydali natijadan 
ko‘proq bo‘lgan taqdirda ham yetkazilgan zarar javobgarlikka sabab bo‘lmaydi. 
Tavakkalchilik odamlarning halok bo‘lish xavfi, ekologiya halokati yoxud 
boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini bila turib qilingan bo‘lsa, 
asosli deb topilmaydi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Tadbirkorlik subyektlarining o‘zlariga ko‘rsatilgan xizmatlar, shu jumladan 
berilgan kreditlar yuzasidan banklar va boshqa moliya tashkilotlari oldidagi 
shartnoma majburiyatlarini tadbirkorlik tavakkalchiliklari hamda boshqa tijorat 
tavakkalchiliklari bilan bog‘liq holda bajarmaganligi banklar va boshqa moliya 
tashkilotlari xodimlarini jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lmaydi. 
(41-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-
345-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 
1-son, 1-modda) 
Oldingi tahrirga qarang. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin