Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 9-
bandining beshinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 24-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast
yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 23-bandi.
Ushlash vositalari va usullariga, qilmishning hamda uni sodir etgan
shaxsning xavflilik darajasiga, shuningdek ushlash sharoitiga butunlay mos
kelmaydigan, ushlash zarurati taqozo etmagan holda ushlanayotgan shaxsga
qasddan zarar yetkazish ushlash choralari chegarasidan chetga chiqish deb topiladi.
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida unga
yetkazilgan zararning qonuniyligini baholashda, qilmishni sodir etgan shaxsning
ushlanishdan qochish maqsadida qilgan harakatlari, ushlovchining kuchi va
imkoniyatlari, ruhiy holati va ushlash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa holatlar hisobga
olinadi.
Maxsus vakolatli shaxslar bilan bir qatorda jabrlanuvchi va boshqa fuqarolar
ham ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash huquqiga egadirlar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 222-
moddasi.
Dostları ilə paylaş: