Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism


-modda. Jinoyatlar majmui



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62
O

33-modda. Jinoyatlar majmui 
Ushbu Kodeks Maxsus qismining turli moddalarida yoki bitta moddasining 
turli qismlarida nazarda tutilgan, javobgarlikka tortiladigan ikki yoki bir necha jinoiy 
qilmishni sodir etish, agarda ulardan birortasi uchun ham shaxs sudlangan bo‘lmasa, 
jinoyatlar majmui deb topiladi. 


 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda 
qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‘g‘risida”gi qarori 2-
bandining ikkinchi 
xatboshisi, 3, 5, 6-bandlari, 
7-bandining birinchi 
xatboshisi, 8, 11, 12, 13, 15-bandlari. 
Agar shaxs sodir etgan qilmishda ushbu Kodeks Maxsus qismi ayni bir 
moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarning alomatlari mavjud 
bo‘lsa, u moddaning og‘irroq jazo belgilangan qismi bo‘yicha javobgarlikka 
tortiladi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda 
qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‘g‘risida”gi qarori 7-
bandining ikkinchi xatboshisi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 
2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarorining 27-bandi. 
34-modda. Retsidiv jinoyat 
Shaxsning ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganidan keyin 
qasddan yangi jinoyat sodir etishi retsidiv jinoyat deb topiladi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda 
qilmishni 
kvalifikatsiya 
qilishga 
doir 
masalalar 
to‘g‘risida”gi 
qarorining 16, 17, 18, 19-bandlari, 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Oliy 
sudi 
Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo 
tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi. 
Ilgari hukm qilingan jinoyatiga o‘xshash jinoyat sodir etgan, ushbu 
Kodeksda alohida ko‘rsatilgan hollarda esa, Maxsus qismning boshqa moddalari 
bilan ham hukm qilingan shaxsning qasddan yangi jinoyat sodir etishi xavfli retsidiv 
jinoyat deb topiladi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda 
qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 20-bandi. 
Besh yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi 
tayinlanishi mumkin bo‘lgan qasddan yangi jinoyat sodir etish, ya’ni: 
a) ilgari o‘ta og‘ir jinoyati uchun yoki ikki marta og‘ir jinoyati uchun hukm 
qilinib, ularning har biri uchun besh yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan 
mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxs tomonidan o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilishi; 
b) ilgari og‘ir jinoyati uchun ikki marta hukm qilingan yoki oldin-
keyinligidan qat’i nazar, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun ularning har biriga 
besh yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan 
shaxsning og‘ir jinoyat sodir etishi o‘ta xavfli retsidiv jinoyat deb topiladi. 


 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda 
qilmishni 
kvalifikatsiya 
qilishga 
doir 
masalalar 
to‘g‘risida”gi 
qarorining 21, 22, 26 va 27-bandlari. 
Sudning hukmi bilan shaxs o‘ta xavfli retsidivist deb topilishi mumkin. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 457-moddasi 
birinchi qismining 8-bandi, 468-moddasi birinchi qismining 3-bandi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda 
qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 22, 25-
bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 
13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti 
to‘g‘risida”gi qarorining 22-bandi. 
Shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish to‘g‘risidagi masala hal 
qilinayotgan vaqtda uning boshqa davlatlar sudlarining hukmlari bo‘yicha 
sudlanganligi ham hisobga olinishi mumkin. 
Shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish to‘g‘risidagi masala hal 
qilinayotgan vaqtda uning o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar sodir etgan jinoyati 
uchun sudlanganligi, shuningdek qonunda belgilangan tartibda sudlanganlik 
muhlatlarining o‘tib ketganligi yoki olib tashlangan sudlanganligi inobatga 
olinmaydi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda 
qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 22, 24-
bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-
sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi 
qarori 9-bandining uchinchi xatboshisi. 
Ushbu Kodeks Maxsus qismining o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir 
etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi moddalari shaxs ushbu jinoyatni 
sodir etgunga qadar qonunda belgilangan tartibda o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan 
bo‘lsagina qo‘llaniladi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda 
qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 28-bandi. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin