LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda
qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 13-bandi.
26-modda. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish
Shaxs jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini yoki jinoyat sodir etishga
bevosita qaratilgan harakatlarni oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda
to‘xtatsa, shuningdek jinoiy oqibat kelib chiqishi mumkinligini anglagan holda,
shunday oqibat kelib chiqishining oldini olsa, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish
deb topiladi.
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish javobgarlikni istisno qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash
to‘g‘risida”gi Qonuni 28-moddasining ikkinchi qismi.
Jinoyatni oxiriga yetkazishdan ixtiyoriy qaytgan shaxs, agar amalda sodir
etgan qilmishida boshqa jinoyat tarkibining barcha alomatlari bo‘lsa, ushbu Kodeks
bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.
Dostları ilə paylaş: