16-modda. Jinoyat uchun javobgarlik va uning asoslari
Jinoyat uchun javobgarlik — jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga
nisbatan sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi
qo‘llanilishida ifodalanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatidir.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 88 va 93-moddalari.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari
mavjud bo‘lgan qilmishni sodir etish javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 14-moddasining birinchi qismi.
IV bob. Javobgarlikka tortilishi lozim bo‘lgan shaxslar
17-modda. Jismoniy shaxslarning javobgarligi
Jinoyat sodir etgunga qadar o‘n olti yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy
shaxslar javobgarlikka tortiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 7-
dekabrdagi O‘RQ-735-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2021-y., 03/21/735/1141-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jinoyat sodir etgunga qadar o‘n to‘rt yoshga to‘lgan shaxslar ushbu
Kodeks 97, 98, 104 — 106, 118, 119-moddalari, 126
1
-moddasining to‘rtinchi —
sakkizinchi
qismlarida, 137, 164
—
166, 169-moddalari,
173-
moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari, 220, 222, 247, 252, 263, 267, 271-
moddalari, 277-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan
jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-
apreldagi O‘RQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksning 122, 123, 125
1
-moddalarida, 126
1
-moddasining birinchi
va
ikkinchi
qismlarida, 127, 127
1
, 128
1
, 144, 146, 193
—
195, 205
—
210, 225, 226, 230 — 232, 234, 235, 279 — 302-moddalarida nazarda tutilgan
jinoyatlar uchun jinoyat sodir etgunga qadar o‘n sakkiz yoshga to‘lgan shaxslar
javobgarlikka tortiladilar.
(17-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-
apreldagi O‘RQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
O‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar jinoyat sodir etgan shaxslar umumiy
qoidalarga
muvofiq
va
ushbu
Kodeksning
Umumiy
qismi oltinchi
bo‘limida nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda javobgarlikka
tortiladilar.
Dostları ilə paylaş: |