Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism


VI bob. Tamom bo‘lmagan jinoyat



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   62
O

VI bob. Tamom bo‘lmagan jinoyat 
25-modda. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga 
suiqasd qilish 
Shaxsning qasddan qilinadigan jinoyatni sodir etish yoki yashirish uchun 
shart-sharoit yaratuvchi qilmishi o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra sodir 
etilishi boshlangunga qadar to‘xtatilgan bo‘lsa, bunday qilmish jinoyatga 
tayyorgarlik ko‘rish deb topiladi. 
Qasddan sodir etiladigan jinoyat boshlanib, shaxsga bog‘liq bo‘lmagan 
holatlarga ko‘ra oxiriga yetkazilmagan bo‘lsa, jinoyat sodir etishga suiqasd deb 
topiladi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid 
ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 3-bandi. 
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik va jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik 
uchun javobgarlik ham ushbu Kodeks Maxsus qismining tamom bo‘lgan jinoyat 
uchun javobgarlikni belgilovchi moddasiga muvofiq hal qilinadi. 


 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda 
qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 13-bandi. 
26-modda. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish 
Shaxs jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini yoki jinoyat sodir etishga 
bevosita qaratilgan harakatlarni oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda 
to‘xtatsa, shuningdek jinoiy oqibat kelib chiqishi mumkinligini anglagan holda
shunday oqibat kelib chiqishining oldini olsa, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish 
deb topiladi. 
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish javobgarlikni istisno qiladi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash 
to‘g‘risida”gi Qonuni 28-moddasining ikkinchi qismi. 
Jinoyatni oxiriga yetkazishdan ixtiyoriy qaytgan shaxs, agar amalda sodir 
etgan qilmishida boshqa jinoyat tarkibining barcha alomatlari bo‘lsa, ushbu Kodeks 
bo‘yicha javobgarlikka tortiladi. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin