Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism


-modda. Sudlanganlik holatining tugallanish yoki sudlanganlikni olib



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   62
O

80-modda. Sudlanganlik holatining tugallanish yoki sudlanganlikni olib 
tashlash muddatlarini hisoblash 
Sudlanganlik holatining tugallanish yoki sudlanganlikni olib tashlash 
muddatlari asosiy va qo‘shimcha jazolar o‘tab bo‘lingan yoki ijro etilgan kundan 
boshlab hisoblanadi. 
Agar shaxs tayinlangan jazodan qonunda belgilangan tartibda muddatidan 
ilgari ozod qilingan yoxud jazo yengilrog‘i bilan almashtirilgan bo‘lsa, sudlanganlik 
muddati muddatidan ilgari ozod qilingan yoki yengilrog‘i bilan almashtirilgan 
jazoning amalda o‘tab bo‘lingan qismidan hisoblanadi. 
Agar 
ushbu 
Kodeksning 44, 46-moddalari asosida 
hukm bo‘yicha 
tayinlangan jazoni sud boshqa jazo bilan almashtirgan bo‘lsa, sudlanganlik muddati 
jazoning amalda o‘tab bo‘lingan yoki ijro etilgan qismidan hisoblanadi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Agar jazoni o‘tab chiqqan shaxs sudlanganlik holatining muddati tugamay, 
yana jinoyat sodir etsa, sudlanganlik holatini tugatuvchi muddatning o‘tishi 
to‘xtatiladi. Ilgari sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik holatining tugash 


muddati oxirgi sodir etilgan jinoyat uchun (asosiy va qo‘shimcha) jazoni amalda 
o‘tab bo‘lganidan boshlab hisoblanadi. 
(80-modda O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-
son Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirildi — Oliy Majlis Axborotnomasi, 
1997-y., 2-son, 56-modda) 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2015-yil 18-sentabrdagi 13-sonli “Sudlanganlik holati tugallanishi va 
olib tashlanishiga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 
qarori 7 — 10-bandalri. 
OLTINChI BO‘LIM 
VOYAGA YETMAGANLAR JAVOBGARLIGINING XUSUSIYATLARI 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin