Ko’priklardagi oldindan zo’riqtirilgan temirbeton elementlardagi kuchlanishlarni aniqlash. Keltirilgan kesim. Тemirbeton elementlarida materiallar qarshiligi formulalarini qo’llash uchun, uning kesimini statik jihatdan teng kuchli bo’lgan bir jinsli tizimga keltiriladi. Beton va armaturani birgalikda ishlashi, ular orasidagi birikuv (ssepleniye) ning mavjudligi tufayli armatura bilan betonning deformatsiyasi bir xil bo’ladi, ya’ni s=b. Shunga ko’ra s/Es=b/Eb, bunda s=Esv/Ev=v , = Es/Ev. Buning ma’nosi shuki, armatura kesimining har bir yuza birligiga shartli ravishda beton yuzasining «n» ta birligi mos keladi.
Elementlardagi kuchlanishlarni hisoblashlarda oldindan zo’riqtirish aniqligi koeffitsiyenti e’tiborga olinadi.
sp=l ± sp , (2.11)
bunda sp – armaturadagi oldindan zo’riqishning chetga chiqishini chegaraviy qiymati; armaturani mexanik usulda taranglagan sp=0,1; elektr-termik usulda taranglaganda,
sp = 0,5p(1+1/ n1/p)/sp, (2.12)
ammo 0,1 dan kichik emas. Bunda r (2.21) formuladan topiladi, pr –element kesimidagi zo’riqtirilgan sterjenlar soni. Oldindan zo’riqish salbiy ta’sir qilganda «plyus», ijobiy ta’sir qilganda «minus» belgisi olinadi.
Oldindan zo’riqishlarni yo’qolishini hisoblashda, yoriqlar ochilish enini aniqlashda va deformatsiyaga hisoblashda sp = 0 (sp=l ) qabul qilish ruxsat etiladi.
Keltirilgan kesimning geometrik tavsiflari. 2.17-rasmda tasvirlangan temirbeton elementining keltirilgan kesim yuzasi
Dostları ilə paylaş: |