«Ўзбекистон темир йўллари» датк


Armaturadagi olindan zo’riqishlarning yo’qolishi



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə21/38
tarix11.05.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#111409
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38
«O’zbekiston temir yO’llari» datk Òoshkent temir yo’l muhandisla

2.3. Armaturadagi olindan zo’riqishlarning yo’qolishi

Armaturani taranglash chog’ida unda oldindan uyg’otilgan kuchlanishlar vaqt o’tishi bilan qaytmas yo’qotuvlar evaziga kamayib boradi. Oldindan zo’riqtirilgan konstruksiyalarni hisoblashda ana shu yo’qotuvlarni e’tiborga olish lozim, chunki ularning qiymati ayrim hollarda ancha sezilarli bo’lishi (boshlang’ich nazorat qilinadigan kuchlanish spning 30...40% ini tashkil etishi) mumkin.


Kamayishning birlamchi va ikkilamchi deb ataluvchi turlari bor. Birlamchi kamayishlar element tayyorlanayotgan va beton siqilayotgan davrda sodir bo’ladi. Ikkilamchi kamayishlar esa beton siqilgandan keyin sodir bo’ladi.
Birlamchi kamayishlarga quyidagilar kiradi:

  1. Armaturadagi kuchlanishlar relaksatsiyasi tufayli kamayish;

  2. Harorat farqi tufayli kamayish;

  3. Ankerlar deformatsiyasi tufayli kamayish;

  4. Armaturadagi ishqalanish tufayli kamayish;

  5. Po’lat qoliplar deformatsiyasi tufayli kamayish;

  6. Beton siqilishining dastlabki soatlarida betondagi tob tashlash tufayli kamayish.

Ikkilamchi kamayishlarga quyidagilar kiradi:

  1. Armaturadagi kuchlanishlar relaksatsiyasi;

  2. Betonning kirishishi;

  3. Betonning tob tashlashi;

  4. Quvur va rezervuarlarning o’ralgan armatura ta’sirida betonning ezilishi tufayli kamayishi;

  5. Yig’ma element bloklari orasidagi choklarning siqilishi tufayli vujudga keladigan kamayish.

Har bir kamayish alohida formula orqali aniqlanadi:
1. Тaranglangan armaturadagi kuchlanishlar relaksatsiyasi natijasida kuchlanishlarning yo’qolishi asosan (oldindan uyg’otilgan) kuchlanishlar qiymati sp ga va armaturaning turiga bog’liq:
simli armatura tirgaklarga tirab mexanik usulda taranglanganda,

1=(0,22sp/Rs,ser1)sp; (2.1)


sterjenli armatura uchun esa


1=0,1sp20. (2.2)


2. Тaranglangan armatura bilan tortqich orasidagi haroratlar farqi t ham B15...B40 sinfli betonni bug’lash yoki qizdirish jarayonida oldindan uyg’otilgan kuchlanishning quyidagi miqdorda kamayishiga olib keladi:


2=1,25t, (2.3)


bu yerda t ning aniq qiymati berilmasa, 65оS ga teng qilib olinadi. Betonning sinfi В45 va undan yuqori bo’lsa, (2.3) formuladagi 1,25 koeffitsiyenti 1,0 ga almashtiriladi.


3. Тortqich moslamasi bilan bog’langan ankerlarning deformatsiyasidan odindan uyg’otilgan kuchlanishning yo’qolishi quyidagi miqdorni tashkil etadi:

3=(l1+l2)Es /l, (2.4)


bu yerda l1 – beton bilan anker orasiga qo’yiladigan shayba yoki qistirmaning siqilishi bo’lib qiymati 1 mm ga teng; l2 – stakansimon ankerning deformatsiyasi, qiymatiga 1 mm ga teng; tirgaklarga tirab taranglanganda l1+l2=l=2 mm deb olinadi, ltaranglanayotgan sterjenning uzunligi, mm.


4. Armatura bilan tuynuk devorlari, beton sirtlari yoki eguvchi moslamalar orasidagi ishqalanish oqibatida oldindan uyg’otilgan kuchlanishlarning yo’qolishi quyidagi formuladan aniqlanadi:

4=sp[11/e(WX+)], (2.5)


bu yerda e – natural logarifm asosi; wtuynukning loyihaviy holatiga nisbatan og’ishini e’tiborga oladigan koeffitsiyent (w=0…0,003); x – armaturada taranglash moslamasidan hisobiy kesimgacha bo’lgan masofa, m; armatura bilan tuynuk devori orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti, (=0,35...0,65); – tuynukning egri uchastkasidagi yoyning markaziy burchagi, rad. Eguvchi moslamalarga ishqalanish natijasida yuz beradigan yo’qotuvchini aniqlashda (10) formuladagi wx = 0 deb olinadi.


5. Po’lat qolipning deformatsiyalanish oqibatida sodir bo’ladigan kuchlanishlarning yo’qolishi quyidagi formuladan aniqlanadi:

5=l1Es/l. (2.6)


Biroq,, 30 MPa dan kam olinmaydi. Formuladagi l – qolipning bo’ylama deformatsiyasi; ltirgaklarning tashqi qirralari orasidagi masofa. Armatura mexanik usulda taranglansa,


=(n1)/2n (2.7)


bo’ladi, bu yerda n – har xil vaqtda tortiladigan sterjenlar guruhi soni.


6. Тirgaklarga tayanib taranglangan armatura bo’shatilgach, oldindan uyg’otilgan kuchlanish betonni siqa boshlaydi, bunda betonda elastik deformatsiyalar bilan bir qatorda tezkor tob tashlash yuz beradi. Bu hol oldindan uyg’otilgan kuchlanishlarning ma’lum miqdorda yo’qolishiga (kamayishiga) olib keladi:

bp/Rbp a bo’lganda, 6=40bp/Rbp;


bp/Rbp a bo’lganda, 6=40+85(bp/Rbp a), (2.8)


bu yerda bp– armaturani siqilishidan betonda hosil bo’lgan kuchlanish; =0,25+0,025 Rbp bo’lib, 0,8 dan ortiq olinmaydi; =5,25...0,185Rbp, bu koeffitsiyentning qiymatlari 1,1...2,5 oralig’ida bo’ladi.


Тemirbeton elementiga issiq ishlov berilsa, (2.8) formuladan topilgan yo’qotuvchilar 0,85 koeffitsiyentga ko’paytiriladi.
7. Armatura relaksatsiyasi tufayli yo’qotuv 7=1.
8. Betonning uzoq muddatli tob tashlashi natijasida zo’riqishlarning berilishidan to foydalanish yuklarining qo’yilishigacha bo’lgan vaqt mobaynida yo’qotilgan kuchlanishlar og’ir beton uchun quyidagi formulalardan topiladi:

bp/Rbp  0,75 bo’lganda, 9=150bp/Rbp;


bp/Rbp  0,75 bo’lganda 9=300(bp/Rbp– 0,375). (2.9)




Bu yerda ham, agar elementga issiq ishlov berilsa, yo’qolgan kuchlanish miqdori 0,85 ga kamaytiriladi.
9. Vaqt o’tishi bilan sodir bo’ladigan kirishish deformatsiyalari ham kuchlanishni oldindan yo’qolishiga olib keladi. Тirgaklarga tirab taranglanganda yo’qolish miqdori B35, B40, B45 va bundan katta sinfli og’ir betonlar uchun 8=40; 50 va 60 MPa ni tashkil etadi. Betonga tirab taranglaganda kirishish natijasida sodir bo’ladigan yo’qotish 30; 35 va 40 MPa ni tashkil etadi. Oldindan uyg’otilgan kuchlanishning yo’qolishi yig’ma bloklardan tashkil topgan konstruksiya choklari orasidagi deformatsiya – 11, spiral ko’rinishida o’ralgan sim armatura ostidagi betonning egilishi singari sabablar tufayli ham sodir bo’ladi.
10. Spiral va halqasimon armaturaning simlari ostida betonning ezilishidan vujudga kelgan yo’qotuv 10 faqat betonga o’rab taranglanadigan element tashqi diametri dext=300 sm gacha bo’lgan quvurlar, rezervuarlardagina hisobga olinadi va 10=700,22dext teng bo’ladi.
11. Yig’ma konstruksiyalarning alohida bo’laklari orasidagi choklarning siqilishidan vujudga keladigan yo’qotuv 11 quyidagi formuladan topiladi:

11=nlEs/l, (2.10)


bu yerda n – cho’ziladigan armatura bo’ylab joylashgan choklar soni; l – choklar deformatsiyasi bo’lib, beton bilan to’ldirilgan har bir chok uchun 0,3 mm ga, betonsiz ulangan chok uchun 0,5 ga teng bo’ladi; l – taranglanayotgan armatura uzunligi, mm.


Yo’qotuvlarning to’liq qiymati los=los1+los2 bo’ladi.
Armaturalarni tirgaklarga tirab taranglanganda los1=1+2+3+4+5+6 va los2=8+9, uni betonga tirab taranglanganda esa los1=3+4 va los2=7+8+9+10+11 bo’ladi. Yo’qotuvlarning umumiy son qiymati los me’yor bo’yicha 100 MPa dan kam olinmaydi

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin