biznes yuritishda ma’muriy xarajatlarni kamaytirish
Qishloq xo‘jaligi sohasining barcha yo‘nalishlari isloh qilish
Tahririyat tomonidan 2016-2022 yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish va liberallashtirishning 12 ta asosiy yo‘nalishi taqdim etilgan tezislar tayyorlandi.
Valyuta bozori liberallashtirildi, shu jumladan eksportdan kelib tushgan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish talabi bekor qilindi, fuqarolar uchun milliy va xorijiy valyutani erkin konvertatsiya qilish imkoniyati yaratildi.
Soliq turlari 13 tadan 9 taga, soliq tekshiruvlari turlari esa, 13 tadan 3 taga qisqartirildi. Shuningdek, qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi – 20 foizdan 15 foizga, ijtimoiy soliq stavkasi – 25 foizdan 12 foizga tushirildi.
Tadbirkorlik sohasida talab etiladigan 114 turdagi litsenziya va ruxsatnoma bekor qilindi hamda 33 turdagi litsenziya va ruxsatnoma o‘rniga xabardor etish tartibi joriy qilindi.
Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazishda to‘lanadigan davlat boji stavkalari kamaytirilib, 35 milliard so‘mdan ziyod mablag‘lar tadbirkorlar ixtiyorida qoldirildi.
Ichki bozor uchun zarur bo‘lgan 3,5 ming turdagi tovarlar uchun import bojxona boji, 1,1 ming turdagi tovarlar uchun aksiz solig‘i bekor qilindi, shuningdek, 3 mingdan ziyod turdagi biznes.
(yuqoridagi ma’lumotlar 2021 yil boshiga to‘g‘ri keladi, ayni vaqtda bu ko‘rsatkichlar o‘zgargan bo‘lishi mumkin) Eksport qiluvchi korxonalarning eksportdagi tashish xarajatlarini 50 foizgacha miqdorda kompensatsiya qilish mexanizmi joriy etildi.
Umuman, eksportni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar natijasida, eksport nomenklaturasi 74 ta yangi turdagi mahsulot va geografiyasi 42 ta mamlakatga kengayib, eksport hajmi 2016 yildagi 12,1 milliard dollardan 16,6 milliard dollarga oshdi.
O‘tgan olti yilda asosiy kapitalga qariyb 250 trillion so‘m investitsiyalar jalb qilindi (bu ko‘rsatkich 1991–2016 yillarda, ya’ni dastlabki 25 yilda jami 51 trillion so‘mni tashkil etgan).
E’tiborlisi, respublikamizning investitsiya muhitini yaxshilash natijasida, o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2016 yilga nisbatan 4 barobarga ko‘paydi va uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 4 foizga yetdi.