A) kasb-hunar maktablarida:
Maktablarning 9-sinf bitiruvchilariga 2 yillik kunduzgi ta’lim beriladi;
Ta’lim olayotgan o’quvchilar Davlat byudjeti hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida oylik stipendiya hamda uch mahal ovqat bilan ta’minlanadi.
B) kollejlarda:
Kamida umumiy o’rta ma’lumotga ega bo’lgan shaxslarga kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to’lov-kontrakt asosida ta’lim beriladi.
V) texnikumlarda:
Umumiy o’rta ma’lumotga ega bo’lgan shaxslarga kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yildan kam bo’lmagan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to’lov-kontrakt asosida ta’lim beriladi;
Texnikumlarni tamomlagan bitiruvchilar o’z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o’qishini davom ettirish huquqiga ega bo’ladi.
Xulosa o’rnida aytganda, amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi yosh avlodning puxta va sifatli bilim olishiga davlatimiz tomonidan ko’rsatilayotgan katta e’tiborning amaldagi ifodasidir. Zero, hyech bir davlatda O’zbekistondagidek bepul ta’lim tizimi mavjud emas. Bu islohotlarning tag-zamirida MUSTAQILLIK bergan cheksiz imkoniyatlardir.
9-Mavzu:Yangilanayotgan O’zbekiston: milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari. (2-maruza)
Reja:
Yangi Uzbekistonning sud-hugug nizimidagi islohotlar.
Igtisodiy taraggiyotning yangi bosgichidagi vazifalar.
Hozirgi davrda tashgi siyosat sohasidagi asosiy vazifalar.
Адабиётлар:
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi. - Toshkent: Ma'naviyat, 2017 yil.
2022-2026 yillarga muljallangan taraqqiet strategiyasi/ Toshkent, 2022.
3. Jo'rayev N. Tamaddunga taklif (Prezident Sh.M.Mirziyoyevning jadal rivojlanish strategiyasi haqidagi mulohazalar). Toshkent. "O'zbekiston". 2018. B. 6
4. Sh.Mirziyoev. Biz birgalikda erkin va obod, demokratik jamiyat quramiz. Biz milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettiramiz va uni yangi bosqichga ko'taramiz.-T.: "O'zbekiston" NMIU, 2017.153 b.
5. O'zbekistonda siyosiy islohotlar jarayoni. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi. Akademiya ”.Toshkent, 2011. B. 20
6. Jo'raev N. Tamaddunga taklif (Prezident Sh.M.Mirziyoyevning jadal rivojlanish strategiyasi haqidagi mulohazalar). Toshkent. “O'zbekiston” .2018. B. 26.
7. Mustaqil O'zbekiston tarixi. Mas'ul muharrir A. Sobirov. - Toshkent: Akademiya, 2013 yil.
8. O'zbekistonning eng yangi tarixi: O'quv qo'llanma / Ed. d.i.n., prof. M.A. Raximov. - T.: «Adabiyot uchqunlari», 2018. - 512.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ilgari surilgan 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish ikkinchi ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangani bejiz emas. Zero, davlat va jamiyatni tubdan modernizatsiya qilishda, eng avvalo, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, sud mustaqilligini ta’minlash, odil sudlovga erishish, qonuniylikni mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi samarali kurashish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘tgan davr mobaynida O‘zbekistonda barcha sohalar qatori sud-huquq yo‘nalishida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Ma’lumki, mustaqil va xolis sudni talab qilish har bir insonning huquqi hisoblanadi. Bu huquq Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 10-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilgan boshqa xalqaro huquq hujjatlarida belgilab qo‘yilgan. Faqat mustaqil sudgina har bir fuqaroning ishini sudda xolis va oshkora ko‘rish orqali toptalgan haq-huquqlarni himoya qilishi mumkinligiga ishonch uyg‘ota oladi. Bu jihatdan Harakatlar strategiyasi asosida amalga oshirilgan islohotlar sud-huquq sohasini demokratlashtirish va erkinlashtirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga zamin yaratdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan navbatdagi Murojaatnomasida ta’kidlanganidek, so‘nggi 4 yil davomida sud-huquq sohasini isloh etish borasida dadil qadamlar qo‘yildi. Bu yo‘nalishdagi ustuvor masalalar yuzasidan 40 dan ortiq qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish borasida strategik ahamiyatga ega muhim qadam tashlandi.
Jumladan, sudlar mustaqilligini ta’minlash maqsadida, Sudyalar oliy kengashi tashkil qilindi. Shuningdek, Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi birlashtirilib, Oliy sud faoliyati takomillashtirildi. Hududlardagi xo‘jalik sudlari iqtisodiy sudlar sifatida qayta tashkil etildi, 71 ta tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudiga ishlarni birinchi instansiyada ko‘rib chiqish vakolati berildi. Sudya lavozimida faoliyat yuritishning ilk marotaba besh yillik, keyin o‘n yillik muddati va muddatsiz davri belgilandi. Sudlarning o‘z moliyaviy, moddiy-texnik masalalarini mustaqil hal qilish boradagi vakolatlari adliya organlaridan olinib, Oliy sudga o‘tkazildi. Sud tomonidan jinoyat ishini qo‘shimcha tergovga qaytarish instituti bekor qilindi. Shaxsning jinoyat sodir etishdagi aybdorligi faqat sud muhokamasida o‘z isbotini topgan dalillarga asoslanishi kerakligi qat’iy belgilab qo‘yildi. Qiynoqqa solish, ruhiy, jismoniy bosim o‘tkazish va boshqa zo‘ravonlik holatlari qat’iyan taqiqlandi.
Sudda ishlarni ko‘rib chiqishda inson huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va taraflarning tortishuvchanlik tamoyilini ro‘yobga chiqarish maqsadida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda dastlabki eshituv instituti joriy etildi. Sudlar faoliyatining shaffofligi, ochiqligi yo‘lida 10 mingdan ortiq jinoyat ishi sayyor sud muhokamalarida ko‘rib chiqildi. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash va dastlabki tergovning eng yuqori muddatlari kamaytirildi.
Sudyalikka nomzodlarni tanlov asosida ishga qabul qilish mexanizmi joriy etilgani alohida e’tirofga loyiq. Ilk bor sudyalik lavozimiga nomzodlarni tanlash bo‘yicha imtihon jarayonlarini onlayn yoritib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni ko‘rib chiqish muqobillik asosida amalga oshiriladigan bo‘ldi. Albatta, malakali va yetuk sudyalar korpusini hamda sud apparati xodimlarini tayyorlashning yangi tizimi jamiyatda sud idoralariga bo‘lgan ishonchni oshirish, adolat barqarorligi va qonun ustuvorligini ta’minlash, tom ma’noda sudni “Adolat qo‘rg‘oni”ga aylantirish hamda odil sudlovning yuqori darajaga ko‘tarilishiga xizmat qiladi.
Shuningdek, investitsiyaviy nizolar va raqobatga oid ishlar faqat iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi. Prokurorlarning barcha iqtisodiy sud majlislarida ishtirok etish huquqi bekor qilindi. Endi, bundan buyon prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki prokurorning da’vo arizasi bilan qo‘zg‘atilgan ishlardagina ishtirok etishi mumkin.
Yana bir e’tiborga molik jihat shundaki, sud ishlarini yuritishda nazorat instansiyasi tugatildi. Sud tizimida ortiqcha sud bosqichlarini bekor qilish orqali “Bir sud – bir instansiya” tamoyili, shuningdek, tumanlararo sudlarning qarorlarini viloyat sudlari tomonidan, viloyat sudlarining birinchi instansiya sudi sifatida chiqargan qarorlarini esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay’ati tomonidan apellyatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Aybiga iqrorlik bo‘yicha kelishuv instituti joriy qilindi. U mamlakatda jinoyat, jinoyat-protsessual qonunchiligining tatbiq etilishi, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoyasi yuqori pog‘onaga ko‘tarilishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston tarixida ilk marotaba davlat organlari va mansabdor shaxslarning qarorlari hamda g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish borasida tizim yo‘lga qo‘yildi. Konstitutsiyaviy huquqni amalda ta’minlash maqsadida yaratilgan ushbu tizim qisqa muddatda o‘z natijasini bera boshladi. Misol uchun, 2019 va 2020-yillar mobaynida ma’muriy sudlar tomonidan 31 321 ta ariza ko‘rilib, shundan 21 272 tasi yoki salkam 67,9% i qanoatlantirilgan. Jumladan, hokimlarning 2852 ta qarori noqonuniy deb topilib, fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan.
O‘tgan 4 yil mobaynida 2770 nafar, 2020-yilda 781 kishiga nisbatan oqlov hukmi chiqarildi, 3434 nafar shaxs sud zalidan ozod qilinib, 5958 fuqaroga nisbatan asossiz qo‘yilgan moddalar ayblovlardan chiqarildi yoki o‘zgartirildi. Bu, shubhasiz, sud-huquq sohasida erishilgan ulkan yutuqlardan biridir.
Ta’kidlash joizki, uzoq yillar mamlakat uchun tamg‘a bo‘lib kelgan “Jasliq” jazoni ijro etish koloniyasi tugatildi. Ushbu muassasaning yopilishi mamlakat siyosiy hayoti va jahon hamjamiyati oldida juda katta voqea bo‘ldi. Shuningdek, ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan mahkumlar sonining 2,5 barobarga kamayishi inson huquqlarini himoya qilish sohasida muhim qadamdir.
2016 yildan O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi boshlandi. Asosiylari:
|