Boshlang’ich ta’lim tizimida o’quvchilarning e’tiborini
jamlash va yangi metodlar bilan ularni darslarga bo’lgan
ishtiyoqini yukshaltirish texnologiyalari
Zebo Shuhratovna Norbayeva
Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, 22-maktab
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich ta’lim tizimida o’quvchilarning
e’tiborini jamlash va yangi metodlar deganda, metodlar haqida tushuncha va axborot
texnologiyalaridan
foydalanish, va bu orqali o’quvchilarning dars jarayoniga
qiziqishini orttishish haqida muammolar ko’rib chiqilgan.
Kalit so’zlar: axborot texbologiyalari, maktabgacha ta’lim, metodlar, ta’lim,
interfaol metodlar.
Technologies to focus students’ attention in the primary
education system and increase their enthusiasm for lessons
with new methods
Zebo Shuhratovna Norbayeva
Surkhandarya region, Termez city, School №22
Abstract: This article discusses the problems of focusing students’ attention in
the primary education system and the use of new methods, understanding of methods
and information technology, and thus increasing students’ interest in the learning
process.
Keywords: information technology, preschool education, methods,
teaching,
interactive methods.
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamdagi o’zgarishlar, iqtisodiy va
ijtimoiy muammolar, maktab tizimi, texnologoyalardan foydalanish jarayonlari bizni
e’tiborimizni albatta tortadi. Yangi O’zbekiston poydevorini quruvchilari bo’lmish
yosh avlodni tarbiyalashda ularga xalqaro toifadagi bilimlarni berish va jahon
standartlariga mos ravishda adabiyotlardan foydalanish maqsadga muvofiq deb
o’ylayman. Jamiyatda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ta’lim tizimida katta
o’zgarishlarni, shu jumladan vazifalari,
qarashlari, maqsadlari, tushunchalari,
mazmuni, didaktikasi va o’quv jarayonlari uslublari, maktab jihozlari, ish va o’quv
jarayonini
tashkil etish, natijada ta’lim va tarbiya o’qituvchilar, ish vaqtini va ish
"Science and Education" Scientific Journal
June 2021 / Volume 2 Issue 6
www.openscience.uz
421
odatlarini o’zgartirish, o’quv jarayonini nazorat qilish, o’quv natijalari va ishning
boshqa natijalarini baholash yuzaga keladi. Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati uning
shakligagina emas, balki qo’llanilayotgan metodlar samaradorligiga ham bog’liqdir.
Ta’lim nazariyasida o’qitish (ta’lim) metodlari markaziy o’rin egallaydi. «Metod»
yunoncha metodos so’z bo’lib, «yo’l», tatbiq qilish kabi ma’nolarni anglatadi. Ta’lim
metodi ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning aniq maqsadga erishishiga
qaratilgan birgalikdagi faoliyatlaridir. O’qituvchining
yangi mavzuga tayyorgarlik
ko’rishida metodlar va metodik usullarni tanlashi - bu ularning o’zaro almashinuvini
vaqt va didaktik maqsad bo’yicha muvozanatlashtirish demakdir. Pirovard natijasida
o’quvchilar aqliy va amaliy faolligining yuqori darajasini ta’minlashga sharoit
yaratiladi. To’g’ri qo’llanilgan metodlar ob’ektiv voqelikka oid bilimlarmi
chuqurlashtiradi va yaxlit hamda mashg’ulotning ilmiy- nazariy darajasini oshiradi.
Ketma-ket saralangan o’qitish metodlari ma’lum darajada bilish va kasbiy qiziqishini
rivojlantirishga, mustaqil amaliy faolyatni faollashtirishga olib keladi.
Ta’lim metodlari deyilganda, o’rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan
turli didaktik vazifalarni hal etish bo’yicha o’qituvchining o’rgatuvchi
ishi va
o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari yig’indisi tushuniladi.
Didaktikada, shuningdek, ta’ lim usullari atamasi ham keng qo’llanadi. Ta’lim usuli -
ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Metodlar bilan usullar
munosabati o’zaro bir-biriga bog’langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-
biriga bog’lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o’quv vazifasining bir
qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan bo’lishi
mumkin. Va aksincha, xuddi shu metod turli o’qituvchilar tomonidan turli usullarda
ochib berilishi mumkin. Masalan, o’qituvchilar tomonidan ko’p qo’llaniladigan mashq
manbasiga ko’ra amaliy metod hisoblansa, uni qo’llash
esa bir nechta usullar
(mashqning qoidasini o’qib berish, bittasini namuna sifatida bajarib ko’rsatish (2-usul),
o’qituvchining namunasi asosida o’quvchilar tomonidan mashqning bajarilishi,
o’quvchilar tomonidan bajarilgan mashqlarni tekshirish va xatolarini tuzatish va
boshqalar) yordamida amalga oshiriladi. O’qituvchilarning ayrimlari esa, «metod»
tushunchasining o’rniga «uslub» tushunchasini ham qo’llaydilar. Ammo «uslub»
tushunchasi «metod» atamasining mohiyatini o’zida to’liq aks ettira olmaydi. Chunki
uslub ko’proq xususiy (so’z borayotgan holatda aynan o’qituvchiga xoslikni ifoda
etadi) tavsifga ega bo’lib, aniq maqsadga erishish yo’li sifatida xizmat qila olmaydi.
Pedagogik texnologiya - bu muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga
yo’naltipilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini
kafolatlovchi pedagogik
faoliyat japayoni mazmunidir. Har qanday pedagogik texnologiya, jumladan
umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishga yo’naltirilgan texnologiya ham o’zaro
hamkorlik, muloqot, ularning bir-birlariga ta’sirlari eng zamonaviy talablarga javob
bergan holda, o’qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish
"Science and Education" Scientific Journal
June 2021 / Volume 2 Issue 6
www.openscience.uz
422
tamoyillari, yo’llari, umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishga
xizmat qiluvchi
metod va uslublar, talabalar shaxsi faoliyatni to’g’ri tashkil etish, ular bilan hamkorlik
qilish, muloqotga kirishish, pedagogik faoliyatini tashkil etish jarayonida yuzaga
keluvchi muammo va qarashlarni birgalikda hal etish, auditoriyada ijodiy hamkorlik,
ishchanlik muhitini hosil qilishga doir shakl va metodlar bilan qurollangan bo’lishi
lozim.