40
XVIII asrning yirik tarixchisi sifatida ham e’tirof etildi. Istoriografiya (tarix
haqida yozuv) ma’rifatparvarlari maktabini ham yaratadiki, bu maktab,
nafaqat Fransiyada, balki chet ellarda ham hurmat qozondi. «Ensiklopediya»
va «Buyuk Pyotr davridagi Rossiya tarixi» kabi asarlarida ilmiy manbalarga
asoslanib,
tarixiy xulosalar chiqaradiki, bu xulosalar hozirgi davrimizda ham
o‘z mavqeini yo‘qotgan emas.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Volterning ijtimoiy-siyosiy qarashlari
feodal krepostnoylik tuzumiga qarshi qaratilgan bo‘lib, ko‘proq Fransiya
hayotini aks ettirgan edi. U o‘z g‘oyalarida Fransiya ijtimoiy-siyosiy hamda
davlat tuzumini islohotlar bilan o‘zgartirish masalasini qo‘ydi. Qonunlar
ishlab chiqarishni talab qildi. Barcha fuqarolar tengligini ta’minlash yo‘lida
tinmay xizmat qildi. So‘z erkinligi, soliqlarning barchaga barobar bo‘lishini
istadi. Lekin, bu sohalarda yutuqlarga erishishning
amri maholligini ham
bilardi. Shunday bo‘lsa-da, u mamlakatni boshqarish konstitutsiyaviy
monarxiya tomonidan amalga oshirilishini orzu qildi. Uning fikricha,
konstitutsion boshqarish eng adolatli oqilona boshqarish bo‘lishi mumkin
edi.
Volter o‘z ijodini faqat, Yevropa tarixini o‘rganish bilan bog‘lab
qo‘ymadi. Keyinchalik dunyo mamlakatlari tarixini ham o‘rganishga
kirishdi. Jumladan, Hindiston tarixi to‘g‘risida ham asar yozdi. «Tarix
falsafasi»da tarixni o‘rganish metodologiyasini ishlab chiqdi. A. S. Pushkin
iborasi bilan aytganda, Volter tarixni o‘rganishning «yangi yo‘lini topib,
uning yoritgichini aniqlab berdi». Tarix fanini ilmiy manba darajasiga
ko‘tardi. Tarixni afsonaviy siymolardan
tozalashga, badiiy tasvirlashlariga
chek qo‘yishga intildi. O‘tmishdagi voqealarni tanqidiy o‘rganishni tavsiya
etdi va kelajak uchun turtki berdi. Shu sababli ham, rus mutafakkiri Plexanov
fikricha, Volterning «Tarix falsafasi» tarixni ilmiy talqin qilish namunasidir.
Shu narsa muhimki, tarixini yoritishda ko‘proq xalq faoliyatini o‘rganish
lozim. U tarixchilardan xalqlarning ma’naviy, axloqiy,
falsafiy, huquqiy,
siyosiy, ilmiy bilish, san’at va adabiyot sohalarini kengroq yoritishni talab
qildi. Moddiy hayot ravnaqi haqida yozishlarini zarur, deb topdi. Volter
fikricha, tarixni yozishda milliy boyliklar, savdo-sotiq,
moliya ishlari
41
hisobga olinmog‘i darkor. U butun dunyo tarixini yozishda qadimiy
mamlakatlar faoliyatiga e’tiborni qaratdi. Jumladan, Yevropa faylasuflari
o‘rtasida birinchi bo‘lib, Hindiston, Xitoy, arab xalqlari, aborigenlar
faoliyatini to‘la yoritishga harakat qildi.
U tarixni xalq yaratadi, deb xulosa
qiladi. Jamiyatni harakatga keltirishda inson fikrlari muhimdir. Tarix
falsafasini yaratish bilan birga Volter, ijtimoiy falsafani asoslashda
birinchilardan bo‘lib maydonga chiqdi.
Dostları ilə paylaş: