66
ulum” falsafa, tibbiyot, matematika, mantiqshunoslik, tilshunoslik,
siyosatshunosliklarga oid fikrlar berilgan. Aynan “Musiqaning ulug‘ kitobi”
“Assiyosat al madaniyat”, “Fanlarning kelib chiqish risolasi”
kabi asarlari
bizgacha yetib kelgan.
U moddiy dunyoni moddiy ob’yektlar sifatida anglaydi va Arastuning
progressiv qarashini mistikadan ozod qilishga urindi, progressiv fikrlarni
targ‘ib qildi. Olim tabiatdan tashqaridagi kuchga ishonadi va uni massa,
sifat, xususiyatga ega emas, deb tushunadi.
Forobiy ijodida materialistik tendensiya kuchli. U materiyani inkor
etmaydi, uni birinchi asos, deb biladi.
Uning fikricha suv, havo, olov, osmon,
yerdagi narsalar qo‘shilib boshqa predmetlar paydo bo‘ladi. Osmon jismi
ham shundan paydo bo‘lgan, deydi.
Demak, Forobiyning ijodida, olamda materiya va shakl bor, lekin ular
teng. Bu yerda uni fanda, falsafada Arastudan ilgarilab ketgan, deya olamiz.
Arastu shakl birlamchi,
materiya ikkilamchi, degan bo‘lsa, Forobiy esa
materiyaning harakati ob’yektiv, zero materiya ob’yektivdir degan xulosaga
kelgan. U moddiylik olamning harakat manbai, olamdagi narsalar
o‘zgarishda, harakatning sababi turli moddalarning birikishida, - deb
ko‘rsatadi.
Uning fikricha, moddiy elementdan tashkil topgan narsalar
o‘zgarmaydi,
yangisi vujudga kelmaydi, yo‘qolmaydi.
U moddiy olamni, harakat va o‘zgarishda bo‘lgan narsalarni quyidagi
qismlarga bo‘ladi: 1) osmon jismlari; 2) minerallar; 3) o‘simliklar; 4)
hayvonlar; 5) insonlar. Bular sifat jihatidan farq qiluvchi cheksiz
hodisalardir. Sifat o‘zgarishining sababi, materiya deb biladi. Bu stixiyali
dialektika va sodda materializmdir. Forobiy bilish nazariyasida ham
progressiv fikrlarni ilgari surgan. Odam, uning sezgisi
aqldan ilgari paydo
bo‘lgan, aql esa moddiy olam mahsulidir. Inson hayvondan aqli bilan farq
qiladi, deydi. Inson bilishi sezishdan aqliy bilish tafakkurigacha ko‘tariladi,
deydi. Bu - bilish nazariyasidagi materializmdir. Forobiy inson bilimi
moddiy dunyo sirini yorita olmaydi, deb fikr yuritdi. Forobiy jon va tana
haqidagi masalada to‘xtalib jon chiqishi bilan tan o‘ladi, deydi.
67
Shunday qilib, Forobiyning ijodida o‘z zamonasining ilg‘or fikrlari
mujassamdir.
O‘rta Osiyo mutafakkirlaridan yana biri
Dostları ilə paylaş: