70
ansamblining qurilishini nihoyasiga yetkazgan. Ulug‘bek haqida yuzlab
asarlar mavjudki, ularda u donishmand faylasuf, adolatli sulton, ijodkor ustoz
sifatida madh etiladi. Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonida
«Ulug‘bek madhiyasi» degan maxsus bob mavjud. Unda Ulug‘bek zaminda
osmon
yaratgan olim, deb ta’riflanadi:
Rasadkim bog‘lamish zebi jahondir,
Jahon ichra yana bir osmondir.
Bilib bu nav’ ilmi osmoniy,
Ki andin yozdi «Ziji Ko‘ragoniy».
Qiyomatga degancha ahli ayyom,
Yozarlar aning ahkomidin ahkom.
«Ziji Ko‘ragoniy» asari nazariy-kirish qism va to‘rtta katta bobdan
iborat. Birinchi bobida muallif xitoylar, hindlar, greklar, eroniylar va boshqa
xalqlarning
kalendarlari bilan tanishib, o‘z fikrlarini bildiradi. Ikkinchi bobda
esa amaliy astronomiya, uchinchi bobda sayyoralar nazariyasi va to‘rtinchi
bobda astrologiya haqida o‘z fikrlarini bildiradi. Uzoq yillar kuzatish va
ilmiy tekshirishlar natijasida Ulug‘bek fazodagi sir-asrorlarni ijod qilishda,
yil, hafta va kecha-kunduzlarni belgilashda ulkan yutuqlarga erishadi.
O‘zidan oldin o‘tgan Erotosfen, Gipparx, Ptolomey, al - Batonniy, ibn
Yunus, Nosiriddin Tusiy va boshqa astronomlarning
bu sohadagi yutuqlarini
orqada qoldirgan edi.
«Ziji Ko‘ragoniy» asaridan tashqari, Ulug‘bek, «Bir darajaning
sinusini aniqlash haqida risola», «Risola-dar ilmu musiqa» asarlarini ham
yozib qoldirgan. Ulug‘bek ijodi dunyoviy falsafa bo‘lib, jahon
tabiatshunosligi, ijtimoiy fanlarini rivojlantirishda muhim hissadir.
Dostları ilə paylaş: