68
ko‘rsatdi. Hali mikroblarni aniqlashdan oldin, suv orqali kasallik tarqalishini
aniqladi. U nazariya va amaliyot birligi masalasiga e’tiborni qaratdi. Tabiatni
o‘rganish sohasida vulqonlar, tog‘lar borasida, ularning harakatlanishi
haqidagi ilmiy falsafiy fikrlarni bildirdi.
Ibn Sinoning falsafiy, ilmiy ijodi tabiiy qarashlari bilan bog‘liq
asarlari
«Kitob ash shifo», «Donishnoma», «Najot» kabilardir. U fizika (tabiat
to‘g‘risidagi fan), logika (tabiat va insonni bilish yo‘llari), metafizika
(borliqni bilish to‘g‘risidagi), falsafa borliq xususidagi fanlardir, deb e’tirof
etdi. Ibn Sino bu sohada Arastu izdoshidir. U Arastuning noto‘g‘ri
qarashlarini qabul qilmasdan o‘z fikrlarini rivojlantirdi. Olam mangu
yaratilgan, deb tushuntirdi. Mangu materiya mavjud, buyumlar materiyadan
paydo bo‘ladi. Materiya borliq manbaidir. Shakl materiya bilan aloqadadir,
deydi.
Arastuning mavhumlik shaklini rad etdi.
Ibn Sino bilish nazariyasida
materialistik qarashlarni ilgari surgan. Uning fikricha, aql faol kuch, bilish
qurolidir. Inson tajribasini birinchi o‘ringa qo‘yadi, tushuncha keyin keladi.
Moddiy dunyo birlamchi, tushuncha ikkilamchi. Inson aqli uzoq davr
davomida mehnat orqali, hissiy qabul qilishi orqali yuzaga keladi. U
Arastuning mantiq fanini asosladi.
Ibn Sino falsafasida ichki qarama-qarshiliklar ham uchraydi.
Ilohiyot
moddiy olam ishiga aralashmaydi, u ob’yektiv qonun asosida rivojlanadi.
Fazoda bo‘shliq yo‘q, fazo materiya xususiyati, moddiy olam harakatda,
materiya bilan harakat bog‘langan, vaqt ham narsaga bog‘langan, ularni
ajratish mumkin emas, deydi.
Ibn Sinoning ijtimoiy-siyosiy qarashlariga to‘xtalsak, u adolatsizlikka
qarshi kurashgan.
Uning-cha, ruhoniylar ham, davlat arboblari,
adabiyotchilar, harbiylar ham aniqrog‘i, har kim o‘z o‘rnida bo‘lishi zarur.
Bu fikr o‘sha davr ijtimoiy ziddiyatlaridan kelib chiqqan fikrlar bo‘lsa, ajab
emas.
Ibn Sinoning jahon madaniyati va fani rivojidagi o‘rnini nazarda tutib
tavallud topganligining 1000 yilligi (1982 yilda) o‘tkazildi. Shunday qilib,
falsafa tarixida O‘rta Osiyolik mutafakkirlar alohida o‘ringa ega.
69
Temuriylar avlodiga mansub bo‘lgan Shohruh Mirzoning o‘g‘li –
Muhammad Tarag‘ay -
Dostları ilə paylaş: