80
faoliyatini ayovsiz tanqid qildi. O‘sha paytlarda paydo bo‘lgan bir qancha:
haruriylar, rofiziylar, qadariylar, jabariylar, jahmiylar, murji’iylar, hozijiylar,
muta’zimiylar, karromiylar, ismoiliylar va boshqa oqimlarni diniy
yondashuvdagi zaifligini dalillar bilan tanqid qilgan. Uning fikricha, inson
imtihon uchun yaratilgan. Shaxsiy intilishlari insonni ba’zida to‘g‘ri yo‘ldan
adashtiradi. Ularga inson o‘zidagi ijobiy imkoniyatlardan kelib chiqib qarshi
turmog‘i lozim.
"Kitob at-Tavhid"da shunday fikrlarni o‘rtaga tashlaydi: "din
buyuklarga e’tiqod qilib, taqlid qilishga emas, dalillarga asoslanmog‘i
kerak", "hech kim gunoh sodir qilgani tufayli kofir deb e’lon qilinmaydi. Biz
jami "qibla kishilari"ni mo‘’min deb bilamiz, ularning qalbini esa Ollohga
havola etamiz", "bid’atchilar bilan shunchaki do‘stona munosabatda
bo‘lishning o‘ziyoq xatodir", "sunnatning to‘g‘riligini aniqlash uchun, bir-
biriga zid naqllarga tayanish mumkin emas, balki mustaqil fikrlash kerak",
"72 guruh mavjud, faqat 73-guruhgina najot topdiki, bu - jamoadir", ushbu
fikr o‘n asr oldin aytilgan bo‘lsa-da, bugungi kun faoliyatini ham aks ettiradi.
Umumiy xulosa shundan iboratki, Abu Mansur Moturidiy ijodida,
diniy soha bo‘yicha, dinning asosi Qur’oni Karim va Hadisi shariflardir.
Turli nazariyalarga, mazhablarga, boshqacha fikrlarga hech qanday o‘rin
yo‘q. Chunki, mazhablarning xato talqinidan buzuq niyatli kishilar
foydalanib islom dini obro‘siga putur yetkazadilar. Islomda o‘zgartirishlar,
islohotlar yaramaydi.
O‘tmishda o‘chmas iz qoldirgan buyuk siymolardan yana biri bu al-
Marg‘inoniydir. Alloma Burhoniddin al-Marg‘inoniyning to‘liq ismi
Dostları ilə paylaş: