84
yaratilgan. U yirik olim sifatida «Jamolning muattarlari va kamolotning
egalari», «O‘nta qonun va qoidalar» nomli asarlarning muallifidir.
Najmiddin Kubro ijodida vatanparvarlik, xalqparvarlik,
insonparvarlik
g‘oyalari mujassamlashgan. Shaxsiy faoliyati bilan mazkur sohalarda
namuna ko‘rsatgan.
Tasavvuf falsafasi XIV asrda
Bahouddin Naqshband
(1318-1389)
tomonidan rivojlantirildi. Uning ijodi
suluki naqshbandiya, deb ataladi.
Naqshband taxallus bo‘lib, aynan ma’nosi matoga gul-naqsh solishni
bildiradi. Naqshband kishilar hayotida xilvatchilik, tarkidunyochilik bilan
hayot kechirishni targ‘ib
qilmaydi, balki bu dunyoda shod va xurram yashash
kerak, deya takidlaydi. Ammo bu holat kelajakni, xudoni esdan chiqarishga
olib kelmasligi lozim. Uning ta’limotida «kishi
zohirda odamlar bilan,
botinda (ichdan) esa xudo bilan bo‘lishi kerak» degan fikr yotadi. Uning
ijodi insonlarni o‘z qo‘li bilan, mehnati bilan, mehnat orqali keladigan
daromad bilan kun kechirish, tirikchilik qilish sohalarini yoritib beradi.
Islom dini singari tasavvuf ta’limotining
asoschilari ham insonlarni
yaxshilikka, hur va farovon hayot kechirishga, tinchlikning barqaror
bo‘lishiga undaydilar. Bu ta’limotlar Vatanimiz hududidagi insonlarni diniy
aqidalar orqali insofli bo‘lishga chaqirgan.
Shu sababli ham ilk o‘rta asrlardagi Vatanimiz madaniyati Sharq va
G‘arb sivilizatsiyasiga ulkan ijodiy hissa bo‘lib qo‘shilgan.
Turkistonda
o‘sib-ulg‘ayib ijod qilgan yuzlab, minglab olimlar, diniy ulamolar, shoirlar
yaratgan asarlardan jahon xalqlari bahramand bo‘lib kelmoqda. Ayniqsa,
diniy ta’limotlarni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shgan ulug‘ shayxlar,
avliyolar xizmatlari benihoyadir. Hozirgi vaqtda ham ulug‘
allomalarimizning ijodiy faoliyatini hayotga tatbiq etish davom etmoqda.
Jumladan, «Alloh qalbimizda, yuragimizda» deb nomlangan tamoyil O‘rta
asrlar diniy faoliyatining davomi desak, xato bo‘lmaydi. Bu tamoyilda
yurtdoshlarimizning urf-odatlari, ilohiyotga bo‘lgan munosabatlari o‘z
aksini
topgan.