90
boshqalarga nur baxsh etadi. Borgan sari Ollohga yaqinlashib borasan, deb
ta’lim beradi tasavvuf.
Aql
. Gap aql haqida ketar ekan, tasavvufda aytiladi:
1) aql – Olloh tomonidan berilgan to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatkich;
2) aql ham pog‘onalidir: zaiflik va kamchilik, baland-past bo‘lishi
mumkin, umumiy zaifligi – Ollohni to‘la bila olmasligi;
3) aql-zakovat – yuksak ruhning javhari, substansiyasi, xazinasi, tili;
4) aql – ruhning yuksak darajada namoyon bo‘lishi;
5) aql – intellektual markaz, u ikki xil namoyon bo‘ladi: a) quyi
pog‘onada tashqi tomonga qaratilgan, b) yuqori pog‘onadagi ichki ko‘rinish
/“baspra”/. Bunday odamlar ko‘p emas. Ular shariat nuri bilan sug‘oriladi.
Tasavvuf o‘z-o‘zini bilishda aql, ruh, nur munosabatlarini shunday
bayon etadi: ruhdan aql nuri chiqadi. Aql nurida barcha bilimlar shakllanadi.
Nur a) pastga qarab nafsga tushadi, yaratilganni parchalaydi, osoyishtalikni
buzadi, nojo‘ya ish qiladi, b) yuqoriga qarab ko‘tariladi, to‘g‘rilanadi, yurak
ruhga madad beradi, Ollohga yaqinlashish yo‘li imkoniyatini topadi, endi
yaratuvchi nimani yaratgani bilinadi.
Sufiy hech vaqt o‘zini o‘rganishni tark etmaydi. Ruhni bilish bilan
Ollohni bilish orasidagi aloqa doimiydir. O‘zimni bildim deyish - Ollohni
bildim, deyishdir. Kechani bilish bilan kunduzni bilish orasidagi aloqa
qanday bo‘lsa, u aloqa ham shundaydir”
1
.
Dostları ilə paylaş: